Qashqadaryo viloyat bolalar kutubxonasi hamda Qarshi shahar 41-umumta’lim maktabining 9-sinf o’quvchilari bilan birgalikda Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan «Ulug’ Sarkarda» mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda o’quvchilar tomonidan sohibqiron Amir Temur hayotiga bag’ishlangan sahna ko’rinishlar, she’rlar, qo’shiqlar, o’gitlar ijro etildi.
Viloyat bolalar kutubxonasi mutaxassislari tomonidan sohibqiron Amir Temur hayoti va uning jangovar yurishlarini o’z ichiga olgan tarixiy kitoblardan ko’rgazma tashkil etildi va mutolaa uchun tavsiya etildi.