15-iyun 2023 yil

Bugun 15-iyun 2023-yil, payshanba.

🎊 BAYRAMLAR:🎊

🌎 Yosh tabiatshunoslar kuni
🌎 Xalqaro shamol kuni.
🌎 Xalqaro motosiklchilar kuni.

🎉 MILLIY:🎉

🇦🇲 Armaniston –  Bayroq qabul qilingan kun.
🇦🇿 Ozarbayjon — Milliy mustaqillik kuni.
🇩🇰 Daniya — Qirol Valdemar II tug‘ilgan kun va Daniya bayrog‘i kuni.
🇨🇷 Kosta-Rika — Daraxt o‘tqazish kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston — O‘t o‘chirish xizmati xodimlari kuni.
🇰🇷 Koreya Respublikasi — Qishloq xo‘jaligi kuni.
🇯🇵 Yaponiya — Sanno-Matsuya festivali.

💠VOQEALAR:💠

🔰313 – Vizantiya imperatori Konstantin e’tiqod erkinligini e’lon qildi.
🔰1215 — Buyuk erkinlik xartiyasi imzolandi.
🔰1389 – Kosovo maydonidagi jang.
🔰1502 – Xristofor Kolumb Martinika orolini ochdi.
🔰1616 – Kanadada hindular uchun birinchi maktab ochildi.
🔰1667 — Jan-Batist Deni 15 yashar bolaga muvaffaqiyatli  qon qo‘ydi.
🔰1752 – Benjamin Franklin varrak uchirish sinovi orqali chaqmoqning elektrik tabiatini isbot qildi.
🔰1830 – Sevastopolda “Vabo isyoni”.
🔰1869 – Jon Xayat selluloidni patentlashtirdi.
🔰1907 – Gaaga konferensiyasi ish boshladi.
🔰1920 – Estoniya Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilindi.
🔰1932 – Boliviya va Paragvay o‘rtasuda urush boshlandi.
🔰1950 – G‘arbiy Germaniya Yevropa Kengashiga qabul qilindi.
🔰1954 — UEFA tashkil topdi.
🔰1970 — AQSHda Charls Manson ustidan sud boshlandi.
🔰1985 — Rembrandtning  „Danaya“ kartinasi sulfat kislotasi bilan yuvib yuborildi.
🔰1993 – Haydar Aliyev Ozarbayjon Oliy majlisi raisi etib saylandi. Shunday qilib 15-iyun, Ozarbayjon tarixida Milliy Mustaqillik kuni bo’lib qoldi.
🔰2001 — Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat rahbarlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotini tuzish toʻgrisidagi deklaratsiyaga imzo chekdilar.
🔰2002 – “2002 MN” deb nomlangan asteroid, yerga 121.000 kilometr masofadan uchib o’tdi. Bu masofa yer bilan oy o’rtasidagi masofaning uchdan bir bo’lagi hisoblanadi.

🌺TAVALLUDLAR:🌺

🎈1479 – Liza Gerardini – florensiyalik ayol, da Vinchinig “Mono Liza” sida tasvirlangan deb taxmin qilinadi.
🎈1881 – Pol Karnyu – fransuz mexanigi va aviatori, vertolyot yasashni boshlab bergan, havoga vertolyotda ko‘tarilgan birinchi odam.
🎈1896 – Ivan Lixachyov – sovet davlat arbobi, SSSR da avtomobil sanoatining asoschilaridan biri.
🎈1909 Ubay Orifovich Orifov – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori.
🎈1914 – Yuriy Andropov – sovet davlat va partiya arbobi, KPSS MQ Bosh kotibi(1982-1984).
🎈1924 – Ezer Veysman – isroil harbiy va davlar arbobi, Isroil prezidenti (1993-2000).
🎈1941 – Vyacheslav Koloskov – SSSR Futbol federatsiyasi raisi (1990-1991), RFF prezidenti (1992-2005).
🎈1969 – Oliver Kan – nemis futbol darvozaboni, uch karra jahon va Yevropaning eng yaxshi davozaboni.
🎈1992 – Muhammad Saloh – misrlik futbolchi, “Liverpul” klubining va Misr temasining hujumchisi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan