Bugun 15-sentabr 2023-yil, juma.
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Xalqaro demokratiya kuni.
🇺🇳 Xalqaro limfomadan xabardor bo‘lish kuni.
🌏 Erkin pullar kuni.
🌏 Xalqaro nuqta kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh – Ispan madaniy merosi oyligining boshlanishi.
🇧🇾 Belorussiya – Kutubxonalar kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya – Buyuk Britaniya uchun jangni xotirlash kuni (1940).
🇬🇹 Gvatemala – Mustaqillik kuni.
🇭🇳 Gonduras – Mustaqillik kuni.
🇮🇳 Hindiston – Milliy muhandislar kuni.
🇨🇷 Kosta-Rika – Mustaqillik kuni.
🇲🇽 Meksika – Doloresning inqilobga chorlovini xotirlash milliy kuni.
🇳🇮 Nikaragua – Mustaqillik kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Bilimlar kuni.
🇸🇻 Salvador – Mustaqillik kuni.
🇸🇮 Sloveniya – Sloveniya Primoryesining mamlakatga qaytarilish kuni.
🇷🇺 Rossiya – Rossiya o‘rmonlari kuni, Kotib(a)lar kuni.
👉 VOQEALAR:
– 533 – Imperator Yustinian I yuborgan, qo‘mondon Velisaris boshchiligidagi Sharqiy Rim imperiyasi qo‘shini Karfagenga kirdi.
– 1514 – turk qo‘shinlari Tabrizni (Fors) egallab olib, shaghar aholisining aksariyatini qirg‘in qildilar.
– 1776 – Ingliz qo‘shinlari Nyu-Yorkni egallab, amerikaliklar qo‘mondoni Jorj Vashingtonni qo‘lga olishiga oz qoldi.
– 1805 – Rossiya Napoleonga qarshi birinchi urushni e’lon qildi.
– 1812 – Napoleon boshchiligidagi fransuz armiyasi Moskva Kremliga kirdi.
– 1821 – Ispaniyaning Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika va Salvador koloniyalari o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
– 1826 – 1826-1828-yillardagi rus-fors urushidagi Shamxor jangi.
– 1830 – Buyuk Britaniyada, Liverpul va Manchester o’rtasida dunyodagi birinchi shaharlararo temir yo’l liniyasi ochildi.
– 1835 – Charlis Darvin „Bigl“ kemasida Galapagos orollariga kelib tushdi.
– 1847 – Amerika qo’shinlari Meksika poytaxti Mexiko shahrini egalladi.
– 1904 – Toshkentda telefon aloqasi ishga tushirilgan.
Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang
– 1916 – Jahon urushlari tarixida janglarda birinchi marta tanklardan foydalanish.
– 1918 – Ozarbayjon poytaxti Boku dashnoq qurolli tuzilmalaridan ozod qilindi.
– 1928 – ingliz mikrobiologi Aleksandr Fleming birinchi bo’lib penitsillinni ajratib oldi.
– 1935 – Svastika Germaniya ramzi etib belgilandi.
– 1946 – Bolgariya xalq respublikasi deb e’lon qilindi.
– 1959 – Nikita Xrushchyov AQSHga davlat tashrifi bilan keldi.
– 1971 – «Grinpis» tashkiloti tashkil etildi.
– 1977 – Toshkent shahrida Akmal Ikromov tumani tashkil topdi.
– 1997 – Google.com domeni ro‘yxatdan o’tgan.
– 2007 – Peruda sirli meteoritning tushishi.
– 2008 – Lehman Brothers banki bankrotlik to‘g‘risida ariza berdi, bu 2008-yilgi jahon iqtisodiy inqirozining boshlanishiga olib keldi.
– 2010 – A.Navoiy xiyobonida yozuvchi Oybek haykalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
– 2020 – Vashingtonda Bahrayn-Isroil tinchlik shartnomasi imzolandi.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1254 – Marko Polo (1324) – venetsiyalik sayyoh.
– 1789 – Kuper Jeyms Fenimor (1851) – amerikalik yozuvchi.
– 1828 – Aleksandr Butlerov (1886) – rus kimyogari, organik kimyo asoschisi.
– 1857 – Taft Uilyam Xovard (1930) – AQShning 27-prezudenti.
– 1890 – Agata Kristi (1976) – ingliz yozuvchisi.
Sara kitoblar kanalidan olindi
– 1904 – G’aniyev Nabi (1953) – kinorejissyor, o’zbek kinosining asoschilaridan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1940).
– 1910 – Shukur Burhonov (1987) – teatr va kino aktyori, O’zbekiston SSR (1940) va SSSR xalq artisti.
– 1913 – Ziyodullayev Saidkarim – iqtisodchi olim, O’zbekiston FA akademigi (1974), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan iqtisodchi (1973).
– 1926 – Jan-Pyer Serr – fransuz matematigi, eng yosh Filds mukofoti sovrindori.
– 1942 – Emmerson Dambudzo Mnangagva – Zimbabvening 3-prezidenti (2017-yildan).
– 1976 – Nikolay Baskov – Rossiya estrada va opera qo’shiqchisi, rus tenori.
– 1984 – Garri – Sasseks gersogi, Buyuk Britaniya Qiroli Charlz va uning birinchi rafiqasi malika Diananing kenja o’g’li, Uels shahzodasi.
– 1988 – Jon Bredli-Vest – britaniyalik aktyor
– 1988 – Chelsi Keyn – amerikalik aktrisa va qo’shiqchi.
– 2004 – David Popovich – ruminiyalik suzish ustasi, jahon va Yevropa chempioni.
BIZ BILAN QOLING!