Bugun 2-avgust 2023-yil, chorshanba.
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Butunjahon ekologik burch kuni.
🌏 Xalqaro xat qutisi kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇿🇲 Belarusiya – Havo desanti qo‘shinlari kuni.
🇬🇾 Gayana – Ozodlik kuni.
🇨🇦 Kanada – Regata kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Ozarbayjon milliy kinosi kuni.
🇰🇿 Qozog’iston – Havo desanti qo‘shinlari kuni.
🇵🇱 Polsha – Sinti va lo’lilar genotsidi qurbonlarini xotirlash kuni.
🇷🇺 Rossiya – Havo desanti qo‘shinlari kuni.
🇷🇸 Serbiya, 🇸🇮 Sloveniya – Aviatsiya kuni.
🇲🇰 Shimoliy Makedoniya – Respublika kuni.
🇹🇭 Tailand, 🇱🇦 Laos, 🇲🇲 Myanma – “Kxao Pansa” – buddaviylik ro‘zasining boshlanishi.
🇺🇦 Ukraina – Halok bo‘lgan turli avlod desantchilarini xotirlash kuni.
👉 VOQEALAR:
– mil. avv. 338 – Xeroneya jangi.
– mil. av. 216 – Kann urushida Gannibal Qadimgi Rimni vayron qildi.
– 1552 – Germaniya protestant knyazlariga o’z fuqarolari dinini belgilash erkinligini beruvchi Passau shahridagi shartnoma imzolandi.
– 1653 – Fransiya poytaxti Parijda pochta qutisi ilk bor o’rnatilgan.
– 1718 – Fransiya, Angliya, Avstriya va Gollandiya Ispaniyaga qarshi birinchi To’rtlar ittifoqini tuzdilar.
– 1769 – ispaniyaliklar Nuestra Senora la Reyna de Los-Anjeles manzilgohiga asos solishdi. Bu – hozirgi Los-Anjeles.
– 1865 – Makmillan nashriyotida L.Kerrollning «Alisaning Mo‘jizalar Mamlakatidagi sarguzashtlari» kitobi 1-marta nashr etildi.
– 1870 – Londonda Tauer tunneli ochildi.
– 1906 – Portugaliyaning «Portu» futbol klubiga asos solindi.
– 1914 – Imperator Nikolay II Germaniya bilan urush to’g’risida manifest e’lon qildi
– 1932 – Mulla To’ychi Toshmuhamedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri tashkil topdi.
– 1934 – Reyxsprezident Gindenburgning vafot etishi bilan Adolf Gitler Germaniya fyureri deb e’lon qilindi.
– 1945 – Potsdam konferensiyasi yakunlandi.
– 1972 – Misr, Liviya va Suriya umumiy davlatga birlashdi.
– 1980 – Bolonyadagi terroristik aktlar natijasida 85 kishi nobud boʻldi.
– 1990 – Iroq Quvaytga bostirib kirdi. Ko‘rfaz urushi boshlandi.
– 2007 – rus olimlarining muz okeani tubiga tushishi.
– 2011 – Oʻzbekiston mustaqillikga erishganidan beri birinchi marta Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari 1-avgustdan 2-avgustga ko‘chirildi.
– 2019 – Rossiya va AQSh o‘rtasidagi o‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilindi.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1696 – Mahmud I (1754) – Usmonli imperiyasining sultoni (1730-1754).
– 1820 – Jon Tindal (1893) – ingliz fizigi, osmon nega ko‘k ekanligini tushuntirgan.
– 1834 – Frederik Ogyust Bartoldi (1904) – fransuz haykaltaroshi, Ozodlik haykali muallifi.
– 1891 – Viktor Maksimovich (1971) – rus tilshunosi, adabiyotshunos va folklorshunosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944).
– 1892 – Jek Leonard Uorner (1978) – Warner Brothers kino korporatsiyasining asoschilaridan biri, aka-ukalarning kichigi.
– 1900 – Ilya Starinov (2000) – sovet askari, partizan-diversant, «rus maxsus kuchlarining bobosi».
– 1909 – Ilyos Muslim (1993) – Bolalar yozuvchisi.
– 1923 – Shimon Peres (2016) – Isroillik siyosatchi va davlat arbobi, Isroilning 9-prezidenti (2007-2014), Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi (1994).
– 1943 – Sayyora Rashidova – kimyogar olima, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), Oliy Majlisning Inson huquklari boʻyicha vakili (1995-2015).
– 1960 – Olivye Gruner – fransuz kino aktyori va sobiq kikboksing chempioni.
– 1977 – Shahnoza Soatova – jurnalistlik tajribasiga ega taniqli oʻzbek blogeri, kolumnisti va jamoatchilik faoli.
– 1980 – Aleksandr Yemelyanenko – rus aralash jang san’ati ustasi.
– 1989 – Prisilla – fransuz qo‘shiqchisi va aktrisasi.
– 1990 – Elizabet Debikki – avstraliyalik teatr va kino aktrisasi.
– 1991 – Anton Babikov – rossiyalik biatlonchi, jahon chempioni, uch karra Yevropa chempioni.