Bugun 2-iyun 2023-yil, juma
🎊BAYRAMLAR🎊
🇦🇿 Ozarbayjon — Fuqaro aviatsiyasi kuni.
🇧🇬 Bolgariya — Xristo Botev kuni (Usmonlilar qulchiligiga qarshi mamlakat ozodligi uchun kurashda qurbon bo‘lgan kurashchilarni xotirlash kuni).
🇮🇹 Italiya — Respublika kuni.
🇷🇺 Rossiya — To‘g‘ri ovqatlanish va ortiqcha ovqat iste’molidan saqlanish kuni.
🎉 VOQEALAR🎉
📔1474 — Kremlda tugallanmagan Uspenskiy cherkovi qulab tushdi.
📔1625 — Ispaniyada Spinola qoʻmondonligidagi qo‘shin 9 oylik qamaldan so‘ng Breda shahrini ishg‘ol qildi.
📔1800 – Napoleonning Ikkinchi Italiya kampaniyasi: fransuzlar Milanni qo‘lga kiritishdi.
📔1842 — Gogolning „Oʻlik dillar“ romani nashr etildi.
📔1848 — Pragada Slavyan kongressi ish boshladi.
📔1924 – AQSh ning hamma hindulari fuqarolik olishdi.
📔1946 — Italiya Qirolligidagi referndumda mamlakatning Respublika boʻlishiga koʻpchilik ovoz berdi.
📔1953 — Yelizaveta II Buyuk Britaniya Qirolichasi boʻldi.
📔1955 – Boyqo‘ng‘ir (Байконур) kosmodromiga asos solindi.
📔1962 — Novocherkasskdagi qonli voqealar.
📔2003 — Boyqo‘ng‘ir (Байконур) kosmodromidan „Mars-ekspress“ kemasi uchirildi.
🎈 TAVALLUDLAR🎈
🎁1740 – Donasyen Alfons de Sad – fransuz yozuvchisi va faylasufi, zodagon, sadizm asoschisi.
🎁1743 – Alessandro Kaliostro (Juzeppe Balzamo) – italyan grafi, astrolog, mistik va avantyrist.
🎁1843 – Mixail Pevsov – rus sayohatchisi, Markaziy va O‘rta Osiyoda tadqiqot olib borgan.
🎁1904 – Jonni Vaysmyuller – amerikalik suzish ustasi, besh karra olimpiada chempioni, 67 ta jahon rekordini o‘rnatgan.
🎁1909 – Abdurauf Boltayev – O‘zbekiston xalq artisti.
🎁1930 – Charlz Konrad – amerikalik astronavt, Oy sathiga qadam qo‘ygan uchinchi kishi.
🎁1930 – Andrey Saxarov – sovet va rossiyalik tarixchi.
🎁1940 – Konstantin II – Gretsiyaning so‘nggi qiroli.
🎁1942 – Eduard Malofeyev – sovet futbolchisi, sovet va Rossiya futbol treneri.
🎁1974 – Gata Kamskiy – amerikalik shaxmatchi, grossmeyster, SSSRda tug‘ilib o‘sgan.
🎁1981 – Nikolay Davidenko – rossiyalik tennischi.
🎁1988 – Serxio Aguero – argentinalik futbolchi, olimpiada chempioni.
https://t.me/qashqadaryokutubxonachilari