21-sentabr 2023-yil, payshanba.

Bugun 21-sentabr 2023-yil, payshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro tinchlik kuni.
🇺🇳 Xalqaro Altsgeymer kasalligini oldini olish kuni.
🌏 Butunjahon «Dunyoni tozalalaymiz» global aksiyasi haftaligi.
🌏 Butunjahon minnatdorchilik kuni.
🌏 Butunjahon ruslar birdamligi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇷 Argentina – Talabalar kuni.
🇦🇲 Armaniston – Mustaqillik kuni (1991, SSSRdan).
🇧🇿 Beliz – Mustaqillik kuni (1981, Buyuk Britaniyadan).
🇧🇷 Braziliya – Daraxt o‘tqazish kuni.
🇬🇭 Gana – Asoschini xotirlash kuni (birinchi prezident Kvame Nkrumaning tug’ilgan kuni).
🇲🇹 Malta – Mustaqillik kuni (1964, Buyuk Britaniyadan).
🇷🇺 Butunjahon Rossiya birligi kuni.
🇷🇺 Rossiya –  Kulikovo jangida mo’g’ul-tatar qo’shinlari ustidan g’alaba kuni.
🇷🇺 Rossiya davlatchiligining tug’ilgan kuni (862).
🇷🇺 Rossiya – Kolleksionerlar kuni.

👉 VOQEALAR:

– 862 – Novgorodiyaliklar aka-ukalar Ryurik, Sineus va Truvorlarni knyazlik qilish uchun chaqirishdi.
– 1217 – Vilyandidagi jang.
– 1782 – Yekaterina II Avstriya imperatoriga Vizantiya imperiyasini qayta tiklashni taklif etdi.
– 1792 – Fransiyada birinchi respublika eʼlon qilindi.
– 1799 – A. V. Suvorov boshchiligidagi Rossiya va Avstriya qo’shinlari Shveytsariya Alplaridan oshib o’tishni boshladi.
– 1860 – Ikkinchi afyun urushi paytida Balitsyao ko’prigida hal qiluvchi jang bo’lib o’tdi.
– 1921 – Lyudvigsxafendagi kimyoviy zavodda portlash.
– 1944 – San-Marino Gitlerga qarshi koalitsiyaga qo’shildi.
– 1964 – Mal’ta Respublikasi mustaqillikka erishdi. 
Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang
– 1979 – Barrakuda operatsiyasi: Bokassa I taxtdan qulatildi.
– 1981 – Beliz Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
– 1991 – Armaniston o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
– 1993 – Kambodjada yangi konstitutsiya qabul qilinib, monarxiya tiklandi.
– 1993 – Boris Elsin Ros­siya Federasiyasi Oliy Sovetini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
– 1995 – Qoraqalpogʻistondagi Urgʻin gaz koni foydalanishga topshirildi.
– 1999 – Tayvanda zilzila, 2000 dan ortiq qurbonlar.
– 2004 – Burj Xalifa qurilishi boshlandi.
– 2021 – Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
– 2022 – Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi: Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning zamonaviy tarixidagi birinchi harbiy safarbarlikni e’lon qildi.

👉 TAVALLUDLAR:

– 1415 – Fridrix III (1493) – Germaniya qiroli (1440 yildan), Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (1452-1493).
– 1801 – Boris Yakobi (1874) – rus fizigi va elektrotexnigi, Peterburg FA muxbir aʼzosi (1842), akademik (1847).
– 1840 – Murod V (1904) – Usmonlilar imperiyasining 33-sultoni (1876).
– 1842 – Abdulhamid II (1918) – Turkiya sultoni (1876-1909).
– 1853 – Heyke Kamerling-Onnes (1926) – golland fiziki va kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1913).
Sara kitoblar kanalidan olindi
– 1866 – Sharl Nikol (1936) – fransuz mikrobiologi, Nobel mukofoti sohibi (1960).
– 1891 – Shchedrin Nikolay (1974) – elektrotexnika sohasidagi olim, O’zbekiston FA muxbir a’zosi (1947), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1950).
– 1910 – Otaqoʻzi Azizov – tilshunos olim, O‘zbekistonda (1970) va Qoraqalpog‘istonda (1980) xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
– 1926 – Donald Artur Glaser – amerikalik fizik, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1962 yildan), Nobel mukofoti sohibi (1960).
– 1947 – Stiven King – amerikalik yozuvchi, dahshatlar, triller, qorquv, fantastika, mistika janrlari ustasi.
– 1954 – Sindz Abe – Yaponiya bosh vaziri (2006-2007 va 2012-2020 yillarda).
– 1956 – Saida Rametova – teatr va kino aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
– 1957 – Kevin Maykl Rudd – Avstraliyaning 26-Bosh Vaziri (2007-yildan).
– 1959 – Viktor Verjbitskiy – Sovet va rus kino va teatr aktyori, teleboshlovchi, Rossiya xalq artisti.
– 1965 – Frederik Bigbeder – zamonaviy fransuz esseisti, publistist va kinorejisyor.
– 1967 – Mixail Saakashvili – Gruziya prezidenti(2003-2012).
– 1986 – Lindsi Stirling – amerikalik skripkachi, raqqosa va bastakor

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan