Bugun 23-iyul 2024-yil, seshanba.
🎉BAYRAMLAR:🎉
🌏 Butunjahon bobo-buvilar va keksalar kuni.
🌏 Butunjahon kitlar va delfinlar kuni.
⚜️MILLIY BAYRAMLAR:⚜️
🏳️ Abxaziya Respublikasi – Bayroq kuni.
🇧🇴 Boliviya – Do‘stlik kuni.
🏳️ Janubiy Osetiya – OAV xodimlari kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston – Savdo xodimlari kuni.
🇵🇬 Papua-Yangi Gvineya – Xotira kuni.
🌀 VOQEALAR:🌀
🔰971 – Rus knyazi Svyatoslav Igoryevich Dorostol (Bolgariya) devorlari yonidada harbiy kengash o‘tkazdi va Vizantiya bilan urush paytida so‘nggi jangni o‘tkazishga qaror qildi.
🔰1148 – Salibchilar Damashqni qamal qilishni boshlashdi.
🔰1453 – Gever jangida Burgundiya gersogi Filipp III Saxiy Gent isyonchilarini qattiq mag‘lubiyatga uchratdi.
🔰1508 – Pedro Navarro qaroqchilardan Penon orolini qaytarib oldi.
🔰1525 – Abulxayrxonning o‘g‘li, Mirzo Ulug‘bekning nabirasi Suyunchxo‘jaxon vafot etdi.
🔰1533 – Istanbulda birinchi Avstriya-Turkiya tinchlik shartnomasi tuzildi.
🔰1711 – Prut shartnomasi imzolandi, unga ko‘ra Rossiya Azovni Turkiyaga qaytarib berdi va Taganrog qal‘asini buzib tashlashni zimmasiga oldii.
🔰1793 – Olmoniya hududidagi Mayns Respublikasi barham topdi.
🔰1831 – Staraya Russda vabo qo‘zg‘oloni boshlandi.
🔰1867 – Rossiyada Turkiston general gubernatorligi tuzildi.
🔰1874 – Aleksandr Nikolaevich Lodiygin cho‘g‘lanma lampa uchun 1619-sonli patentga ega bo‘ldi.
🔰1881 – Xalqaro gimnastika federatsiyasi tashkil topdi.
🔰1908 – Yosh turklar inqilobi. Turkiyada konstitutsiya tiklanishi.
🔰1927 – Tarixchi Muhammad Ali Baljuvoniy o‘zining “Tarixi nofeiy” (“Foydali tarix”) asarini yozib tugatdi.
🔰1951 – Fransiyaning Rokenkort shahrida NATO shtab-kvartirasi ochildi.
🔰1952 – Misrda Iyul inqilobi.
🔰1974 – Gretsiyadagi «qora polkovniklar» diktaturasi ag‘darildi.
🔰1974 – Farg‘ona viloyatidagi Quva shahri tashkil topgan kun.
🔰1985 – «Topol» raketalari tayyor holga keltirildi.
🔰2000 – Quyosh tizimidagi eng katta sayyora – Yupiterning yangi tabiiy yo‘ldoshi kashf qilindi. Bu barcha ma’lum bo’lganlar ichida eng kichik yo‘ldosh bo‘lib, diametri 4,8 km. Kashfiyot Arizona universitetida astronomlar tomonidan qilingan va Massachusets Observatoriyasi tomonidan tasdiqlangan.
🔰 2016 – Kobulda namoyish paytida terakt sodir bo‘ldi, 80 ga yaqin odam halok bo‘ldi.
🔰2021 – Tokioda 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
🎈 TAVALLUDLAR:🎈
🎁1401 – Franchesko Sforsa (1466) – Milan hukmdorlari sulolasining asoschisi, kondotyer.
🎁1792 – Pyotr Vyazemskiy (1878) – rus shoiri, adabiyotshunos, tarixchi, tarjimon, publitsist, davlat arbobi.
🎁1859 – Vladimir Palladin (1922) – rus botanigi va biokimyogari, akademik, o’simlik biokimyosi maktabining asoschilaridan biri.
🎁1884 – Albert Uorner (1967) – to’rt aka-ukalarning ikkinchisi – Gollivud Warner Brothers film kompaniyasining asoschilaridan biri.
🎁1892 – Xayle Selassiye I (1975) – Efiopiyaning oxirgi imperatori (1930-1974).
🎁1896 – Naum Goldman (1981) – dirijyor, pedagog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1943).
🎁1898 – Tarashonkor Bondopaddxay (1971) – hind yozuvchisi.
🎁1906 – Vladimir Prelog (1998) – Shveytsariyalik organik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1975).
🎁1923 – Kiril Kornblat (1958 y.) – Amerikalik fantast yozuvchi.
🎁1941 – Flora Kerimova – qo’shiqchi, Ozarbayjon xalq artisti.
🎁1954 – Alla Kudlay – qoʻshiqchi, Ukraina xalq artisti (1997).
🎁1960 – Jon Landau – amerikalik kinoprodyuser, Oscar va Oltin globus mukofotlari sohibi.
🎁1961 – Shuhrat Sirojiddinov – taniqli navoiyshunos va manbashunos olim, filologiya fanlari doktori, professor. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori.
🎁1976 – Judit Polgar – vengriyalik shaxmatchi, xalqaro grossmeyster.
🎁1989 – Deniyel Redkliff – Britaniyalik aktyor, Garri Potter filmi orqali dunyoga tanilgan.
🎁1995 – Mehrinoz Abbosova oʻzbek shoirasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi.