26-mart 2024-yil

Bugun 26-mart 2024-yil, seshanba.
 BAYRAMLAR:
 Epilepsiya bilan kasallanganlar kuni.
 Yolg‘izlik kuni.
 MILLIY BAYRAMLAR:
 AQSh, Gavayi orollari – Kuxio kuni.
 Bangladesh – Mustaqillik kuni.
Mali – Demokratiya kuni.
Salvador – Hayot, tinchlik va adolat kuni
 Ukraina – Ukraina Milliy gvardiyasi kuni.
 Vetnam – Yoshlar kuni.
VOQEALAR:
– 1162 – Frederik I Barbarossa qo’shinlari Milanni egallab olishdi.
– 1328 – Ivan Kalita Kostromada O’zbekxondan yorliq oldi.
– 1351 – Bretanda “O‘ttizlar jangi” bo‘lib o‘tdi.
– 1668 – Angliya Bombeyni nazorat qilish huquqini oldi.
– 1828 – Frans Shubert tomonidan yagona mualliflik kontserti bo’lib o’tdi.
– 1845 – AQShda tibbiy plastirga patent olindi.
– 1871 – Parij Kommunasi kengashi saylandi.
– 1881 – Ruminiya qirollik deb e’lon qilindi.
– 1899 – Nemis arxeologi Koldevey Bobil qoldiqlarini aniqladi.
– 1934 – Britaniyada avtomobil haydash uchun imtihon topshirish joriy qilindi.
Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang
– 1937 – Dunyodagi birinchi animatsion qahramon – dengizchi Papayaga haykal o’rnatildi.
– 1945 – Sovet Ittifoqi Qahramoni Sobir Rahimov vafot etdi.
– 1960 – Yangi futbol turniri – Kubok egalarining kubogi ta’sis etildi.
– 1971 – Bangladesh Respublikasi e’lon qilindi.
– 1995 – Umumxalq referendumi yakuniga ko‘ra I. A. Karimovning prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi.
– 1995 – Yevropaning besh davlatida Shengen kelishuvi kuchga kirdi.
– 1998 – Buxoroda ma‘rifatparvar yozuvchi Abdurauf Fitrat haykalining ochilish marosimi bo‘ldi.
– 2000 – Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasining ikkinchi prezidenti etib saylandi.
– 2001 – Afg’onistondagi hukmron Tolibon harakati vakillari jurnalistlarga Bomiyon viloyatidagi qoyalarga o’yilgan Buddaning ikkita vayron qilingan ulkan haykalini ko’rsatishdi.
– 2003 – Marsda muzlagan dengiz topildi.
– 2004 – O‘zbekistan Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashkil etildi.
– 2017 – Aleksey Navalniy tashabbusi bilan Rossiyada korrupsiyaga qarshi ommaviy aksiyalar Rossiyaning 80 dan ortiq shaharlarida o‘tkazildi.
👉 TAVALLUDLAR:
-1483 – Rafael (28-mart yoki 6-aprel ham bo‘lishi mumkin 1520) – italyan rassomi va me’mori.
– 1835 – Aleksandr Litovchenko – rus rassomi, akademik.
– 1849 – Arman Pejo (1915) – fransuz avtomobilsozi, “Pejo” firmasi asoschisi.
– 1875 – Robert Frost (1963) – amerikalik shoir, to’rt karra Pulitser mukofoti laureati
– 1900 – Aleksandr Lizyukov – Sovet harbiy rahbari, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
– 1905 – Kukles Isaak (1981) – matematik olim, O’zbekiston FA muhbir a’zosi(1960), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1957).
– 1913 – Pal Erdyosh (1996) – vengriyalik matematik.
– 1938 – Aleksey Petrenko – sovet va rus kino va teatr aktyori, RSFSR xalq artisti.
– 1941 – Klinton Dokinz – britan etologi, biologi hamda ilmiy-ommabop asarlar muallifi.
– 1949 – Patrik Suskind – nemis yozuvchisi va ssenariy muallifi.
Sara kitoblar kanalidan olindi
– 1951 – Aleksey Buldakov – sovet va rus kino va teatr aktyori, xalq artisti.
– 1958 – Voqif Sultonli – Ozarbayjon adibi, adabiyotshunos, tarjimon va publisist.
– 1962 – Shermuhamedova Niginaxon – oʻzbek faylasufi, metodologi, taʼlim sohasidagi mutaxassis.
– 1973 – Lourens Peyj – „Google“ qidiruv tizimining asoschisi (Sergey Brin bilan birga), 2011-yildan Google kompaniyasining ijrochi direktori, axborot texnologiyalari, hisoblash texnikasi sohasida xizmat koʻrsatgan olim, milliarder.
– 1985 – Metyu Grivers – amerikalik suzuvchi, 4 karra Olimpiya chempioni, 7 karra jahon chempioni.
– 1985 – Kira Naytli – ingliz aktrisasi.
– 1994 – Freya Tingli – avstraliyalik kino va televidenie aktrisasi.
– 1998 – Muborak Abdullayeva – o‘zbek aktrisasi.
Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan