Bugun 28-dekabr 2023-yil, payshanba.
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Butunjahon kino kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
AQSh – Ayova shtati kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Advokatlar kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Milliy xavfsizlik qo‘mitasi kuni.
🇹🇭 Tailand – Qirol Taksin xotirasi kuni.
🇹🇳 Tunis – Xalqato Sahroyi Kabir festivali.
🇪🇸 Ispaniya, 🇲🇽 Meksika – Kulgu kuni.
🇷🇺 Rossiya, Qalmig‘iston – Qalmiq xalqi deportatsiyasi qurbonlarini xotirlash kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1065 – Londonda Vestminster abbatligi muqaddas qilindi.
– 1810 – Britaniyaning «Elizabet» kemasi Irlandiya qirg’oqlari yaqinida bo’ron paytida halokatga uchradi; 400 ga yaqin kishi halok bo’ldi.
– 1869 – Ogayo (AQSh) da Uilyam Sempl saqichli rezinkani patentladi.
– 1895 – aka-uka Lyumyerlar kinematografni namoyish qilishdi.
– 1895 – nemis fizigi Rentgen Vyursburgda rentgen nurlarini topganini e’lon qildi.
– 1905 – Sochi Respublikasining tashkil topishi.
– 1908 – Messina zilzilasi. 75000 qurbon.
– 1943 – SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Qalmog’iston ASSRni tugatish to’g’risidagi farmoni bilan NKVD qo’shinlari tomonidan qalmoqlarni Sibir va Uzoq Sharq viloyatlariga quvib chiqarish operatsiyasi o’tkazildi. 91919 ta qalmoq Qalmog‘iston ASSRdan deportatsiya qilindi.
– 1948 – bortida 32 kishi bo’lgan AQSh harbiy-havo kuchlarining Duglas DC-3 samolyoti Karib dengizi ustida g’oyib bo’ldi.
– 1964 – Binzya yaqinidagi jang.
– 1973 – Parijda Aleksandr Soljenitsinning „GULAG Arxipelagi“ romani chop etildi.
Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang
– 1968 – Bayrut xalqaro aeroportida isroil maxsus xizmati 14 ta samolyotni yo‘q qilishdi.
– 1973 – Jizzax viloyati tashkil topdi.
– 1991 – Suriya Arab Respublikasi, Xorvatiya Respublikasi va Yaponiya O’zbekiston suverenitetini tan oldi.
– 1992 – Imom Buxoriy xalqaro jamg’armasi tashkil etildi.
– 1999 – Saparmurot Niyozov Turkmanistonning umrbod prezidenti etib saylandi.
– 2000 – Shahrisabz shahri YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritildi.
– 2005 – Mustaqillik monumenti oldida Baxtiyor ona siymosi ifoda etilgan muazzam haykal qad rostladi. Ushbu majmuaga “Mustaqillik va ezgulik monumenti”, deb nom berildi.
– 2007 – Nepal Federativ demokratik respublika deb e’lon qilindi.
– 2011 – KXDRda mamlakat rahbari Kim Chen Irning dafn marosimi bo’lib o’tdi.
– 2014 – Indonesia AirAsia kompaniyasining Airbus A320 samolyoti Yava dengizida qulab tushdi, 162 kishi halok bo’ldi.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1619 – Antuan Fyutryer (1688) – fransuz yozuvchisi va lugʻatshunosi.
– 1775 – Juan Domingush Bontempu (1842) – portugal bastakori, pianinochi, o’qituvchi, romantizm davri vakili.
– 1856 – Vudro Vilson (1924) – AQShning 28-prezidenti (1913-1921).
– 1864 – Anri de Rene (1936) – fransuz shoiri va yozuvchisi.
– 1882 – Artur Stenli Eddiington (1944) – ingliz astrofizigi. Xalqaro astronomiya ittifoqi prezidenti (1938-44).
– 1884 – Karel Andel (1947) – chex astronomi va selenograf, Oyning xaritasini tuzgan.
– 1897 – Ivan Konev (1973) – sovet qo‘mondoni, Sovet Ittifoqi Marshali, ikki marta Sovet Ittifoqi qahramoni.
– 1914 – Doni Zokirov (1985) – Kompazitor, sozanda (g`ijjak), dirijor, Ozbekiston xalq artisti.
– 1926 – Aleksandr Shcherbak (2008) – turkiyshunos olim.
– 1929 – Nosirxo’jayev Sobitxon – tarixchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), tarix fanlari doktori (1971), professor (1972).
– 1929 – Marten Shmidt – niderland astronomi, kvazarlargacha masofani o‘lchagan.
– 1936 – Erkin Vohidov (2016) – shoir, tarjimon, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni.
Sara kitoblar kanalidan olindi
– 1939 – Vitaliy Vasilyev – balet artisti, O’zbekiston xalq artisti (1974).
– 1944 – Keri Mullis (2009) – amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1993).
– 1955 – Lyu Syabo (2017) – xitoylik huquq himoyachisi, Nobel mukofoti sohibi (2010).
– 1969 – Linus Torvalds – fin-amerikalik dasturchi va Linux operatsion tizimining yaratuvchisi.
– 1994 – Adam Piti – britaniyalik suzuvchi, uch karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon va Yevropa chempioni.
– 1999 – Merih O‘zturk – turk modeli va aktrisasi.