5-fevral 2024-yil, dushanba.

Bugun 5-fevral 2024-yil, dushanba.

⚜️BAYRAMLAR:⚜️

🌏 Butunjahon Nutella kuni.
🌏 Butunjahon hayvonlar uchun Reyki kuni.

🎉 MILLIY BAYRAMLAR:🎉

🇺🇸 AQSh – Milliy meterologlar kuni.
🇧🇮 Burundi – Birdamlik kuni.
🇫🇮 Finlyandiya – Runeberg kuni.
🇲🇽 Meksika – Konstitutsiya kuni.
🇵🇰 Pokiston – Kashmir bilan birdamlik kuni.
🇸🇲 San-Marino – Muqaddas Agata va Alberoniya okkupatsiyasidan ozod bo‘lish kuni.
🇷🇺 Rossiya – Xizmat vazifasini o‘tayotganda halok bo‘lgan diplomatlarni xotirlash kuni.
🇷🇺 Rossiya – Eruditlar kuni.
🇹🇿 Tanzaniya – Chama Cha Mapinduzi kuni.

💠 VOQEALAR:💠

🌀mil. av.2 – Oktavian Avgust “mamlakat otasi” unvonini oldi.
🌀62 – Pompeyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi.
🌀1597 – Nagasakida Toyotomi Xideyosi buyrug‘iga ko‘ra 26 ta katolik xochga tortilib qatl etildi.
🌀1783 – Italiyada tarixdagi eng uzoq davom etgan zilzila boshlandi (32 mingdan 50 minggacha qurbon).
🌀1810 – Pireney urushi: fransuz qo‘shini tomonidan Kadis qamali boshlandi.
🌀1852 – Yangi Ermitaj birnchi marta omma uchun ochildi.
🌀1901 – Moskvada Yeliseev doʻkoni ochildi.
🌀1909 – Leo Bakeland plastmassa ixtiro qildi.
🌀1917 – Meksika Qo‘shma Shtatlari konstitutsiyasi qabul qilindi.
🌀1919 – Yevropada birinchi yo’lovchi aviaqatnovi yo‘lga qo‘yildi.
🌀1919 – Meri Pikford, Duglas Ferbenks, Charli Chaplin va David Griffit “United Artists” kinostudiyasini tuzishdi.
🌀1924 – BBC har soatda aniq vaqt signallarini uzatishni boshladi.
🌀1926 – Latviyada sovet diplomatlariga qurolli hujum uyushtirildi.
🌀1928 – birinchi marta D vitamini sun’iy ravishda olindi.
🌀1952 – Nyu-Yorkda piyodalar uchun birinchi svetofor o‘rnatildi.
🌀1971 – “Apollon-14” missiyasi doirasida astronavtlar Alan Sheppard va Edgar Mitchell Oyga qadam qo‘yishdi.
🌀1979 – Oyatullo Humayniy Eronni islom davlati deb e’lon qildi.
🌀1992 – O‘zTAG O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA)ga aylantirildi.
🌀1993 – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari uchun abiturentlarni test usulida tanlab olish to’g’risida” qaror qabul qilindi.
🌀1995 – Qirgʻizistonda ikki palatali Oliy Kengash saylandi.
🌀2000 – Chechenistondagi qirgʻin.
🌀2004 – Gaitida Jan-Bertran Aristidga qarshi qo‘zg‘olon.
🌀2023 – Yevropa Ittifoqida Rossiya neft mahsulotlariga narxlar chegarasi kuchga kiradi (tranzit muddati 55 kun).

🎈 TAVALLUDLAR:🎈

🎁1804 – Yuxan Lyudvig Runeberg (1877) – fin shoiri, Finlandiya madhiyasining muallifi.
🎁1812 – Jorj Dantes – fransuz ofitseri va siyosatchisi, Aleksandr Pushkinning qotili.
🎁1836 – Nikolay Dobrolyubov (1861) – rus yozuvchisi va adabiyotshunosi.
🎁1840 – Xayrem Stivens Maksim (1916) – britaniyalik qurolsoz, avtomatik vintovka, to‘p va pulemyot ixtirochisi.
🎁1878 – Andre Gyustav Sitroyen (1935) – fransuz muhandisi va sanoatchisi, Citroen nomli avtomobil kompaniyasining asoschisi.
🎁1914 – Alan Xodjkin (1998) – britaniyalik neyrofiziolog va biofizik, Nobel mukofoti sohibi (1963).
🎁1915 – Robert Xofshtadter (1990) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1961).
🎁1924 – Aleksandr Matrosov (1943) – sovet askari, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
🎁1927 – Dushan Fayziy – shoir va dramaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1977).
🎁1928 – Komil Oqilov – tarixchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor.
🎁1946 – Sharlott Rempling – kino aktrisa.
🎁1948 – Tomas Uilkinson – britaniyalik aktyor.
🎁1952 – Tursun Ali (O‘rmonov) – o‘zbek shoiri.
🎁1958 – Abulqosim Mamarasulov – o‘zbek adibi.
🎁1965 – George Xadji – rumin futbolchisi.
🎁1978 – Abdulhay Otaxoʻjayev – dublyaj aktyori. “Kinoteatr” telekanlining bosh muharriri.
🎁1985 – Krishtianu Ronaldu – portugaliyalik futbolchi,
🎁1986 – Manuel Fernandesh – portugaliyalik futbolchi.
🎁1992 – Neymar – braziliyalik futbolchi, olimpiya chempioni (2016).
🎁1993 – Lim Jon Sim – shimoliy koreyalik og’ir atletikachi, ikki karra Olimpiya chempioni

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan