7-avgust 2023-yil

Bugun 7-avgust 2023-yil, dushanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Professional ma’ruzachilar kuni.
🌏 Xalqaro bo‘ydoqlar kuni.
🌏 Yulduzlarni to‘plash kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh – Mayoq kuni.
🇦🇺 Avstraliya – Keksalarni parvarish qiluvchi xodimlar kuni.
🇧🇧 Barbados – Hosil bayrami.
🇮🇳 Hindiston – Qo‘l to‘quv dastgohi kuni.
🇮🇸 Islandiya – Savdo kuni.
🇰🇮 Kiribati – Yoshlar kuni.
🇨🇦 Kanada – Fuqarolik bayrami.
🇨🇮 Kot-dʼIvuar – Mustaqillik kuni.
🇨🇴 Kolumbiya – Boyaka jangi kuni.
🇷🇺 Rossiya – Kriminal politsiya tezkor-qidiruv ma’lumot bo’linmalari kuni.
🇼🇸 Samoa – Mehnat kuni.
🏴󐁧󐁢󐁳󐁣󐁴󐁿 Shotlandiya – Yozgi bank ta’tillari.
🇹🇻 Tuvalu – Bolalar kuni.
🇿🇲 Zambiya – Fermerlar kuni.

👉 VOQEALAR:

– 1560 – Podsho Ivan Grozniy o’zining eng yaqin qarindoshlariga (bolalari va ukalariga) Moskvada shoshilinch saroylar qurishni buyurdi.
– 1620 – Katarina Kepler jodugarlikda ayblandi.
– 1679 – Buyuk ko’llarda suza boshlagan birinchi kema Niagarada suvga tushirildi.
– 1714 va 1720 – Ganfut va Grangama janglarida ruslarning gʻalabasi.
– 1782 – Sankt-Peterburgda Pyotr I haykali ochildi.
– 1819 – Janubiy Amerika qahramoni Simon Bolivar Boyaka jangida ispan qo‘shinini tor-mor qildi.
– 1840 – Angliyada bolalarniing mo‘ri tozalashi taqiqlandi.
– 1907 – Boris Rozing televideniye yaratish uchun patent oldi.
– 1912 – Rossiya va Yaponiya Mo’g’uliston va Manchuriyada o’z ta’sir doiralarini aniqlashtirib oldilar.
– 1941- Harbiy uchuvchi Viktor Talalixin Ulug’ Vatan urushi paytida tungi havo jangida birinchi bo’lib taranni qo‘lladi.
Ma’lumotdan foydalanilganda Sara kitoblar kanali manzili ko‘rsatilsin.
– 1944 – «Mark I» kompyuteri taqdim etildi.
– 1960 – Kot-d’Ivuarning Fransiyadan mustaqilligi e’lon qilindi.
– 1970 – birinchi kompyuter shaxmat musobaqasi bo’lib o’tdi.
– 1987 – Аmerikalik Linn Koks AQSh dan Rossiyagacha suzib o’tgan.
– 1990 – Iroqning Quvaytga qarshi tajovuzi tufayli BMT Iroqqa qarshi iqtisodiy sanksiyalarni kiritdi.
– 1993 – Londondagi Bukengem saroyi birinchi marta sayyohlar uchun ochildi.
– 1998 – AQShning Keniya va Tanzaniyadagi elchixonalariga teraktlar uyushtirildi. 250 ga yaqin odam halok bo’ldi, 4000 dan ortiq kishi jarohat oldi.
– 1999 – jangarilar Dog’istonga bostirib kirishdi, Ikkinchi Chechen urushining boshlanishi.
– 2008 – Janubiy Osetiyada urush boshlandi.
– 2020 – Air India aviakompaniyasining Boeing 737-8NG samolyoti Hindistonning Kojikode shahriga qo’nayotganda halokatga uchradi.
Kutilayotgan:
– 2027 – (137108) 1999 AN10 asteroidi Yerdan 388 960 km (0,0026 AB) uzoqlikda o’tadi.

👉 TAVALLUDLAR:

– 317 – Konstantiy II (361) –  Rim imperatori (337-361).
– 1779 – Karl Ritter (1859) – nemis ma’rifatparvari, zamonaviy geografiya asoschisi.
– 1870 – Gustav Krupp (1950) – nemis sanoatchi va moliyaviy magnati, «Krupp» konsernining rahbari.
– 1876 – Mata Xari (1917) – ekzotik raqslar raqqosasi, kurtizanka va josus.
– 1904 – Ralf Bunch (1971) – amerikalik diplomat va inson huquqlari uchun kurashuvchi, Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi (1950).
– 1944 – Sofiya Rizayeva – Biologiya fanlari doktori, genetika bilimdoni, professor. 
– 1947 – Sofiya Rotaru – qo’shiqchi, SSSR xalq artisti.
– 1954  – Valeriy Gazzayev – rossiyalik futbolchi va futbol murabbiyi.
– 1955 – Vladimir Sorokin – rus yozuvchisi, Booker mukofoti sovrindori.
– 1957 – Aleksandr Dityatin – sovet gimnastikachisi, uch karra Olimpiya chempioni.
– 1966 – Jimmi Donal Ueyls – – amerikalik internet-tadbirkor, Viki konsepsiyasi ideologi, Vikipediya asoschilaridan biri.
– 1969 – Ra’no Zokirova – sovet va o‘zbek teatr va kino aktrisasi.
– 1975 – Sharliz Teron – Gollivud aktrisasi, «Oskar», «Oltin globus» va boshqa mukofotlar sovrindori.
– 1978 – Yuliya Chicherina – rus rok-xonandasi, musiqachi.
– 1982 – Abbi Kornish – avstraliyalik aktrisa.
– 1984 – Ruxsora To’laboyeva – adabiyotshunos.
– 1987 – Sidney Krosbi – kanadalik xokkeychi, 2006/2007-yilgi NXL mavsumining  to’purari, ikki karra Olimpiya chempioni, jahon chempioni.
– 1999 – Sidni Maklaflin – amerikalik yengil atletikachi, ikki karra Olimpiya chempioni.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan