Teatr-ma‘naviy tarbiya maskani

📚📚Qashqadaryo viloyat bolalar kutubxonasi xodimlari tomonidan bahorgi ta‘til kunlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish maqsadida 27-mart Xalqaro teatr kuni munosabati bilan «Teatr-ma‘naviy tarbiya maskani» mavzusida «Nuriston» va «Тaraqqiyot» mahalla bolalari bilan birgalikda sayohat tashkil etildi.
🎎🎎Sayohat Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib unda Nikolay Gogolning «Hasis» spektakli namoyish etildi.
💫💫Sayohat davomida bolajonlar teatr tarixi, muzeyi, dekoratsiyalar, rasmlar galeriyasini tomosha qildilar hamda teatrning hozirgi kundagi tomoshabinlar va aktyorlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
🌈
                                                   Sayohatda bolajonlar yaxshi taassurot bilan qaytdilar.
Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan