3-AVGUST 2023 YIL

Bugun 3-avgust 2023-yil, payshanba.
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Xalqaro tarvuz kuni.
🌏 Ko’zgu bilan o’pishish kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh – Tarvuz kuni.
🇺🇸 AQSh – Jorjiya shtati kuni.
🇧🇲 Bermud orollari – Qullik bekor qilingan kun.
🇬🇼 Gveniya-Bisau – Mustamlaka davri qurbonlari xotirasi kuni.
🇰🇼 Ekvatorial Gvineya – Ozodlik kuni, Qurolli Kuchlar kuni.
🇪🇸 Ispaniya – Kolumb bayrami (Fiestas Colombinas).
🇳🇪 Niger – Mustaqillik kuni.
🇸🇻 Salvador – San-Salvador kuni.
🇻🇪 Venesuela – Bayroq kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1200 – Qutbiddin Muhammad Xorazm taxtiga o‘tirdi.
– 1492 – Kolumbning Yangi Dunyoga birinchi sayohati boshlandi.
– 1492 – yahudiylarning Ispaniyadan quvilishi.
– 1546 – Fransuz noshiri Etyen Dolet gumanistlar asarlarini nashr etgani uchun dorga osildi.
– 1596 – Nemis astronomi David Fabrisius birinchi o’zgaruvchan yulduz – Kit Mirasini kashf etdi.
– 1778 – Milanda “La Scala” opera teatri ochildi.
– 1795 – Parij konservatoriyasiga asos solindi.
– 1783 – Yaponiyada Asama vulqoni 35 ming kishini halok etdi.
– 1799 – Turkiya birinchi marta Bosfor orqali rus harbiy kemalariga erkin o’tishni ta’minladi.
– 1914 – Birinchi jahon urushi: Germaniya Fransiyaga urush eʻlon qildi.
Ma’lumotdan foydalanilganda Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsarishingizni so‘raymiz.
– 1921 – rus shoiri Nikolay Gumilyov sovet tuzumiga qarshi chiqqanlikda ayblanib hibsga olindi.
– 1926 – Londonning birinchi svetoforlari Pikadilli maydonida o’rnatildi.
– 1946 – AQSH basketbol assotsatsiyasi tashkil topdi.
– 1950 – BMT Xavfsizlik Kengashi Xitoyning BMTga kirishiga qarshi ovoz berdi.
– 1956 – Suriyada harbiy to’ntarish amalga oshirildi.
– 1960 – Niger Fransiyadan mustaqillikka erishdi.
– 1979 – Ekvatorial Gvineyada harbiy to’ntarish sodir bo‘ldi.
– 1980 – SSSR poytaxti Moskva shahrida yozgi olimpiyada oʻyinlarining yopilish marosimi bo’lib o’tdi.
– 1988 – Qizil maydonga samolyotini qo’ndirgan nemis uchuvchisi Matias Rust Sovet qamoqxonasidan muddatidan oldin ozod qilindi.
– 2004 – Merkuriyni o’rganish uchun MESSENGER sayyoralararo avtomatik stantsiyasi (SAS) ishga tushirildi.
– 2011 – Liviyada Muammar Kaddafiy ag’darilganidan so’ng, doimiy konstitutsiya qabul qilingunga qadar amalda bo’ladigan Muvaqqat Konstitutsiyaviy deklaratsiya qabul qilindi.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1189 – Yuan Chutsay (1243) – Xitoydagi Yuan (mog’ul) sulolasining davlat va harbiy arbobi, olim va yozuvchi.
– 1770 – Fridrix Vilgelm III (1840) – Prussiya qiroli (1797 yildan).
– 1893 – Aleksandr Gauk (1963) – Bastakor, SSSR Davlat simfonik orkestrining bosh dirijyori.
– 1903 – Habib Burg’uiba (2000) – Tunisning birinchi Prezidenti (1957-1987).
– 1908 – Birgit Kullberg (1999) – Shved raqqosi va xoreografi.
– 1920 – Fillis Doroti Jeyms (2014) – ingliz adibasi, detektivlar muallifi.
– 1928 – Qunduz Mirkarimova (2019) – raqqosa, baletmeyster va pedagog, Oʻzbekiston xalq artisti (1966).
– 1959 – Koiti Tanaka – yapon olimi, Nobel mukofoti sohibi (2002).
– 1977 – Anjela Bizli – britaniyalik tadbirkor, Wikia loyihasining asoschisi va vitse-prezidenti.
– 1979 – Evanjelin Lilli – kanadalik aktrisa.
– 1983 – Ulug’bek Qodirov – aktyor.
– 1986 – Darya Domrachyova – belorus biatlonchisi, 4 karra Olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni, Belorusiya Qahramoni.
– 1992 – Karli Kloss – amerikalik supermodel.
– 1994 – Koranten Tolisso – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018).

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan