Bugun 18-avgust 2023-yil, juma.
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Umumiy til kuni.
🌏 Geliy kashf qilingan kun.
👉 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh – Turmush o‘rtoqlar kuni.
🇺🇸 AQSh – Gavayi shtati kuni.
🇦🇺 Avstraliya – Vyetnam faxriylari kuni (Longtan kuni).
🇮🇩 Indoneziya – Konstitutsiya kuni.
🇨🇦 Kanada -“Oltin kubok” paradi.
🇲🇰 Makedoniya – Qurolli kuchlar kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Chegara qo‘shinlari kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston – Harbiy aviatsiya kuni.
🇰🇿 Qozog’iston – Chegara qo’shinlari kuni.
🇵🇰 Pokiston – Daraxt ekish kuni.
🇷🇺 Rossiya – Geograflar kuni.
🇹🇭 Tailand – Ilm-fan kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Tibbiyot xodimlari kuni.
👉 VOQEALAR:
– mil. av. 293 – Rimda ma’buda Venera sharafiga eng qadimgi (ma’lum bo’lgan) ibodatxona qurilgan.
– 1227 – Chingizxon vafot etdi.
– 1304 – Filipp Chiroyli armiyasi va Flamandiya isyonchilari o’rtasida Mons-an-Pevel jangi bo’lib o’tdi.
– 1743 – Rossiya va Shvetsiya o’rtasida Abo tinchlik shartnomasi tuzildi.
– 1782 – Sankt -Peterburgda Pyotr I ga atab “Mis chavandoz” haykali ochildi.
– 1791 – Usmoniy-Rus urushiga barham bergan Kalas sulh bitimi imzolandi.
– 1826 – Aleksandr Gordon Leing Tombuktuga yetib bordi.
Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang.
– 1845 – Rossiya Geografiya Jamiyati tashkil etildi.
– 1868 – fransuz astronomi Pyer Yanssen quyosh spektrida yangi element – geliyni kashf qildi.
– 1877 – Asaf Xoll Marsning yoʻldoshi – Fobosni kashf etdi.
– 1877 – Fridrix fon Rixtgofen Buyuk ipak yoʻli atamasini ilk bor qoʻlladi.
– 1917 – Saloniki shahrida yirik yongʻin sodir boʻldi.
– 1920 – AQSh Konstitutsiyasiga ayollarga ovoz berish huquqini beruvchi 19 -tuzatish tasdiqlandi.
– 1924 – Usmon mushafi Ufadan Toshkentga olib kelindi.
– 1945 – Samarqandda T. Jalilov nomidagi musiqa bilim yurti ochildi.
– 1968 – Varshava shartnomasi davlatlari rahbariyati Chexoslovakiyaga qo’shin kiritishni ma’qulladi.
– 1971 – Avstraliya va Yangi Zelandiya Vyetnam urushidan qo’shinini chiqarishga qaror qildi.
– 1980 – Toshkent metropoliteni birinchi (“Chilonzor”) yo’lining ikkinchi uchastkasi (3 bekat) foydalanishga topshirildi.
– 1984 – Moskvada «Drujba -84» musobaqalari ochildi.
– 1991 – Mixail Gorbachyov Foros (Qrim) da uy qamogʻiga olindi.
– 2009 – iyul oyi oxirida Boltiq dengizida qaroqchilar tomonidan qo’lga olingan «Arktik Si» quruq yuk kemasi Rossiya dengiz floti tomonidan ozod qilindi.
– 2018 – Kipr tinchlik rejasi bilan tanilgan “Nobel” tinchlik mukofoti sovrindori, BMT bosh kotibi Kofi Annan Shveysariyada vafot etdi.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1441 – Abdurahmon Jomiy (1492) – fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili.
– 1685 – Bruk Teylor (1731) – Ingliz matematiki, uning sharafiga Teylor qatori berilgan.
– 1750 – Antonio Salyeri (1825) – Avstriyalik italiyan bastakori, dirijyor, pedagog.
– 1824 – Pyer Marten (1915) – fransuz metallurgi, ochiq o’choq (Marten) jarayonini ixtiro qilgan.
– 1830 – Frans Iosif I (1916) – Avstriya Imperatori (1848-1916) va Vengriya Qiroli (1867-1916), I Jahon urushini boshlab bergan.
– 1869 – Vasiliy Vyatkin – arxeolog, Samarqand o’lkani o’rganish muzeyining tashkilotchisi.
– 1912 – Chingiz Ahmarov (1995) – Monomentalist, rassom.
– 1912 – Ertugʻrul Usmon (2009) – Usmonli imperiyasining shahzodasi va Usmonli imperatorlik uyining 43-imperatori.
– 1917 – Jo‘raxon Rahmonov (1977) – sovet teatr va kino aktyori, O’zSSRda xizmat ko’rsatgan artist.
– 1933 – Shavkat Akmalxonov – zootexnik olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
– 1938 – Marks Jumaniyozov (2012) – oʻzbek davlat arbobi, Xorazm viloyatining birinchi hokimi (1992-96).
– 1957 – Karol Buke – fransuz aktrisasi («Nemo», «Bingo Bongo»), “Chanel” parfyumi reklamasi modeli.
– 1980 – Esteban Matias Kambiasso Delo – argentinalik futbolchi, Argentina yarim himoyachisi.
– 1983 – Magomed Ibragimov – rus va oʻzbek erkin kurashchisi, Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori (2004), Osiyo chempionati chempioni va sovrindori.
– 1997 – Jozefin Lengford – avstraliyalik aktrisa.
BIZ BILAN QOLING!