Bugun 21-avgust 2023-yil, dushanba.
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Xalqaro Terrorizm qurbonlarini xotiralash va qadrlash kuni.
🌏 Kosmetika va makiyajlarsiz kun.
🌏 Internetda o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇦🇷 Argentina – General San-Martin xotirasi kuni.
🇺🇸 AQSh – Keksa fuqarolar kuni.
🇺🇸 AQSh – Shirin choy kuni.
🇮🇳 Hindiston, 🇳🇵 Nepal – Ilonlarga sig‘inish festivali.
🇵🇭 Filippin – Nina Akina kuni.
🇪🇪 Estoniya – Temiryo‘l tarixi kuni.
🇨🇦 Kanada – Kashf etilish kuni.
🇦🇹 Latviya – Konstitutsiyaviy qonun qabul qilingan kun.
🇲🇦 Marokash – Yoshlar kuni, Qirol tug‘ilgan kun.
🇷🇺 Rossiya – Ofitserlar kuni.
🇷🇺 Rossiya – Shoirlar kuni.
🇨🇿 Chexiya – Okkupatsiya qurbonlari xotirasi kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1192 – Yaponiyada imperator hokimiyati syogun – bosh qo’mondon hokimiyati bilan almashtirildi.
– 1393 – Amir Temur Bag‘dod sultonligini zabt etish uchun harbiy yurish boshladi.
– 1745 – Pyotr III va Yekaterina II ning nikoh marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang.
– 1770 – Jeyms Kuk Avstraliyani Buyuk Britaniya mulki deb eʻlon qildi.
– 1825 – Odessada qadimgi davr muzeyi ochildi.
– 1831 – AQShda Nat Tyorner qo’zg’oloni boshlandi
– 1877 – Turk armiyasining Shipkaga hujumi boshlandi.
– 1911 – «Mona Liza» asari oʻgʻirlandi.
– 1916 – Peru o‘z betarafligini e’lon qildi.
– 1917 – Toshkent shahar dumasi Toshkentda universitet tashkil etish haqida qaror qabul qildi.
– 1932 – Venetsiyada birinchi xalqaro kinofestival bo’lib o’tdi.
– 1948 – Angliya Isroilning BMTga kirishiga veto qo’yishini e’lon qildi.
– 1957 – Tarixdagi birinchi “Р-7” qit’alararo ballistik raketasi yaratildi.
– 1959 – Gavayi AQSh ning 50-shtati maqomini oldi.
– 1968 – Varshava shartnomasi tashkilotining qo’shinlari Chexoslovakiyaga kiritildi.
– 1989 – “Voyager 2” tadqiqot zondi Neptun sayyorasining yo’ldoshi Triton tasvirini oldi.
– 1991 – SSSR da davlat toʻntarishga urinish barbod boʻldi.
– 1991 – Latviya o’z mustaqilligini tiklaganini e’lon qildi.
– 1993 – «Mars Observer» kosmik kemasi noma’lum sabablarga ko’ra yo’qolgan.
– 2004 – Aslan Masxadov boshchiligidagi chechen ayirmachilari Grozniyni egallab olishga harakat qilishdi.
– 2013 – Suriyadagi fuqarolar urushi: G’utada kimyoviy quroldan foydalanish.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1165 – Filipp II (1223) – Fransiya qiroli (1180-1223).
– 1698 – Juzeppe Gvarneri (1744) – Italiyalik skripkachi.
– 1765 – Vilgelm IV (1837) – Angliya qiroli (1830-1837).
– 1826 – Karl Gegenbaur (1903) – nemis zoologi, qiyosiy anatomiya evolyutsion yo’nalishining asoschilaridan biri.
– 1926 – Mirahmedov Sodiq (1988) – genetik-seleksioner olim, Vasxnil akademigi (1976), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1976).
– 1935 – Yuriy Entin – shoir, «Uchquduq» qo’shig’i mualliflaridan biri.
– 1948 – Afzal Rafiqov – aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (2000).
– 1949 – Shahnoza Moʻminova – kulol, zamonaviy kulollik sanʼatining taniqli namoyandasi.
– 1954 – Igor Kistanov – balet artisti, Oʻzbekiston xalq artisti (1998).
– 1963 – Muhammad VI – Marokashning hozirgi qiroli .
– 1973 – Nikolay Valuev – og’ir vazn toifasidagi rossiyalik professional bokschi.
– 1973 – Sergey Brin – kelib chiqishi isroillik Amerika tadbirkori, hisoblash texnikasi, axborot texnologiyalari, iqtisod sohasida xizmat koʻrsatgan olim, milliarder, Google qidiruv xizmatining asoschilaridan biri.
– 1984 – Alize Jakote – Alizée taxallusi ostidagi taniqli fransuz qoʻshiqchisi, raqqosa va dublyaj aktrisasi.
– 1986 – Useyn Bolt – yamaykalik yengil atletikachi, 8 karra Olimpiya chempioni, 11 karra jahon chempioni
– 1988 – Shahnoza Otaboyeva – xonanda.
– 1988 – Robert Levandovski – polshalik futbolchi.