18-sentabr 2023-yil, dushanba.

Bugun 18-sentabr 2023-yil, dushanba.

👉 BAYRRAMLAR:

🌏 Xalqaro elektron kitoblarni o‘qish kuni.
🌏 Halok bo‘lgan motosiklchilarni xotirlash kuni.
🌏 Butunjahon suv sifatini nazorat qilish kuni.
🌏 Xalqaro bambuk kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇲 Armaniston – Astronomiya kuni.
🇮🇷 Eron – Fors adabiyoti va she‘riyati kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Milliy musiqa kuni.
🇨🇱 Chili – Mustaqillik kuni, 1810-yildagi birinchi Chili hukumatini xotirlash kuni.
🇭🇷 Xorvatiya – Harbiy dengiz floti kuni.
🇯🇵 Yaponiya – Keksalarni qadrlash kuni.

👉 VOQEALAR:

– 96 – Qadimgi Rimda besh samimiy imperator davri boshlandi.
– 324 – Konstantin I Vizantiya imperatori boʻldi.
-1502 – Xristofor Kolumb Yangi dunyoga to’rtinchi safari paytida Kosta-Rika qirg‘og‘iga tushdi.
-1793 – AQSh prezidenti Jorj Vashington Kapitoliyga asos solgan.
– 1810 – Chili mustaqilligi e’lon qilindi.
– 1812 – Napoleon I Pyotr saroyidan Kremlga keldi.
– 1814 – Vena kongressi boshlandi.
– 1851 – “The New York Times” gazetasiga asos solindi.
– 1932 – Hijoz va Najd qiroli Abdul Aziz Ibn Saud ikkala qirollikni birlashtirdi. Mamlakat Saudiya Arabistoni Qirolligi deb nomlandi.
– 1934 – SSSR Millatlar Ligasi a’zosi bo‘ldi.
– 1938 – Yamal yarim orolida, kunduz kuni tushunarsiz qorong’ilik qoplashi qayd etildi (Qora kun).
– 1947 – AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi tuzildi.
Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang
– 1973 – Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi BMT ga qabul qilindi.
– 1981 – Fransiyada o‘lim jazosi ta’qiqlandi.
– 1993 – Nukus shahrida BMT rahnamoligida Хalqaro konferinsiya bo’lib o’tdi.
– 1993 – O‘zbekiston Xalqaro Geologiya Ittifoqiga (XGI) a’zo bo‘ldi.
– 1998 – IP-manzillarni nazorat qiluvchi ICANN korporatsiyasiga asos solindi.
– 2006 – bortida birinchi kosmik sayyoh va bir vaqtning o‘zida birinchi eronlik kosmonavt Anushe Ansoriy bilan «Soyuz TMA-9» kosmik kemasi uchirildi.
– 2009 – Islomoboddan 150 km uzoqlikda sodir bo’lgan teraktda kamida 33 kishi halok bo‘ldi, ellikdan ortig‘i yaralandi.
– 2009 – Yaponiyada viruslarni, shu jumladan cho’chqa grippini yo‘q qiladigan doimiy antiseptik ixtiro qilindi.
– 2014 – Torontoda Og‘a Xon Islom san’ati muzeyi ochildi.

👉 TAVALLUDLAR:

– 1752 – Adriyenn Mari Lejandr (1833) – fransuz matematigi.
– 1755 – Ivan Rijskiy (1811) – rus yozuvchisi va filologi, Xarkov universitetining birinchi rektori.
– 1819 – Jan Bernar Leon Fuko (1868) – yorug’lik tezligini hisoblagan fransuz fizigi, giroskop va Fuko mayatnigini yaratgan.
– 1862 – Pyotr Stolypin (1911) – Rossiya davlat arbobi, agrar islohot tashabbuskori.
– 1897 – Jon Kokroft (1967) – ingliz fizigi, Nobel mukofoti sohibi.
– 1905 – Sobir Abdulla (1972) – shoir, yozuvchi va dramaturg, Oʻzbekiston xalq shoiri (1965).
– 1905 – Greta Garbo (1990) – shvetsiya va amerikalik kinoaktrisa, Oskar sohibasi.
– 1907 – Edvin Mattison McMillan (1991) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1951).
– 1912 – Zohidov Hakim (1978) – anatom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1973).
– 1918 – Viktor Talalixin (1941) – Sovet harbiy uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
Sara kitoblar kanalidan olindi
– 1935 – Georgiy Brim (1999) – teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977).
– 1939  – Jorji Sampayo – Portugaliya prezidenti (1996-2006).
– 1953 – Umida Fayziyeva – jurnalist, O`zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi. 
– 1961 – Bernard Verber – zamonaviy fransuz yozuvchisi va faylasufi.
– 1971 – Lens Armstrong – amerikalik velosipedchi; Tour de France musobaqasida 7 marotaba birinchi o’rinni egallagan yagona sportchi.
– 1984 – Komil Allamjonov – oʻzbek davlat va jamoat arbobi, jurnalist.
– 2022 – Feruza Sadikova – oʻzbek taekvondochisi, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi, taekvondo boʻyicha Osiyo chempioni.
– 2003 – Aidan Gallager – amerikalik aktyor, qo’shiqchi, atrof-muhit faoli, BMTning yaxshi niyat elchisi.
– 2004 – Nodirbek Abdusattorov – oʻzbekistonlik shaxmatchi, Xalqaro toifadagi grossmeyster (2017).

BIZ BILAN QOLING!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan