Bugun 27-sentyabr 2023-yil, chorshanba.
👉 BAYRAMLAR:
🌙 Islom olamida “Mavludi nabiy”.
🇺🇳 Butunjahon Turizm kuni.
🌏 Google qidiruv tizimi tug‘ilgan kun.
🌏 Butunjahon go‘shtdan voz kechish kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh – Ayollar salomatligi va fitnes kuni.
🇧🇪 Belgiya – Fransuz tilida so‘zlashadigan madaniy jamoatchilik bayrami.
🇮🇩 Indoneziya – Pochta va telekommunikatsiyalar kuni.
🇲🇬 Madagaskar – Sent-Vinsent-de-Polni xotirlash kuni.
🇲🇻 Maldiv Orollari – Milliy bayram.
🇲🇽 Meksika – Mustaqillik uchun urush tugagan kun.
🇲🇳 Mo’g’uliston – Televideniye kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Xotira kuni.
🇵🇱 Polsha – Polsha yashirin davlati kuni.
🇷🇺 Rossiya – Maktabgacha ta’lim xodimlari kuni.
🇸🇰 Slovakiya – Temiryo‘lchilar kuni.
🇹🇲 Turkmaniston – Mustaqillik kuni.
🇺🇦 Ukraina – Turizm kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1130 – Janubiy Italiya va Sitsiliya yagona Sitsiliya qirolligiga birlashdi.
– 1400 – Amir Temur o‘zining “yetti yillik” yurishlari paytida Suriyadagi Bihishti va Ayntob qal‘alarini egalladi.
– 1529 – Sulaymon I Venani qamal qildi.
– 1605 – Kirxgolm jangi.
– 1821 – Meksika Ispaniyadan mustaqillikka erishdi.
– 1822 – Shampolyon Rozett toshining jumbogʻini topdi.
– 1829 – Ivan Parrot Ararat togʻiga chiqdi.
– 1940 – Germaniya, Italiya va Yaponiya Uchlar ittifoqini tuzish haqida kelshib olishdi.
– 1941 – Suriya mustaqil davlat deb e’lon qilindi.
– 1943 – Toshkentda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tashkil qilindi. 1943-yil 4-noyabrda tantanali ochilgan.
Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang
– 1961- Suriyada harbiy to‘ntarish yuz berdi.
– 1961 – Syerra-Leone BMTga a’zo 100-davlatga aylandi.
– 1977 – Ukrainada Chernobil AESi ishga tushdi.
– 1996 – Toliblar Qobulni egallab, prezident Burhoniddin Rabboniy va Gulbiddin Hikmatyor hukumatini ag‘darib tashladi. Afg‘onistonning sobiq prezidenti Muhammad Najibullo sud qilinmay qatl etildi.
– 1998 – Gerxard Shryoder Germaniya kansleri etib saylandi.
– 1998 – “Google” qidiruv tizimi foydalanishga ochildi.
– 2020 – Tog’li Qorabog‘da qurolli to‘qnashuvlar boshlandi.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1389 – Kozimo Medichi (1464) – florensiyalik siyosatchi, davlat arbobi, savdogar va bankir.
– 1601 – Lyudovik XIII Adolatli (1643) – Fransiya qiroli (1610-1643).
– 1630 – Mixael Vilmann (1706) – nemis barokko rassomi.
– 1871 – Gratsiya Deledda (1936) – italiyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibasi (1926).
– 1897 – Mauer Fedor (1963) – seleksioner olim, biologiya fanlari doktori (1955), professor (1957).
– 1918 – Martin Rayl (1984) – ingliz radio astronomi, Nobel mukofoti sovrindori (1974).
– 1943 – Rauf Parfi – O’zbekiston xalq shoiri.
– 1947 – Dik Advokat – gollandiyalik futbolchi, futbol bo’yicha murabbiy.
– 1972 – Gvinet Peltrou – amerikalik kinoaktrisa, «Oskar», «Oltin globus» va «Emmi» mukofotlari sohibasi.
– 1973 – Yoqutjon Rajabov – xonanda.
Sara kitoblar kanalidan olindi
– 1976 – Franchesko Totti – italiyalik futbolchi, jahon chempioni (2006).
– 1978 – Ani Lorak (haqiqiy ismi Karolina Kuyek) – ukrain va rus qo’shiqchi, modelyer, Ukraina xalq artisti.
– 1984 – Avril Lavigne – kanadalik qoʻshiqchi va aktrisa.
– 1987 – Vanessa Jeyms – amerikalik, britaniyalik va fransiyalik juftlikda figurali uchish ustasi, Yevropa chempioni (2019).
– 1989 – Normatova Feruza – oʻzbek kinoaktrisasi.
– 1991 – Simona Halep – ruminiyalik professional tennischi.
– 2006 – Sharifa Davronova – Oʻzbekistonlik yengil atletikachi.