24- oktyabr 2023-yil seshanba

Bugun 24-oktyabr 2023-yil, seshanba.

🎀 BAYRAMLAR:🎀

🇺🇳 BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuni.
🇺🇳 Butunjahon poliomiyelit kuni.
🇺🇳 Rivojlanish va taraqqiyot maqsadlarida jahon axborot kuni 

♻️MILLIY BAYRAMLAR:♻️

🇪🇬 Misr – Ommaviy qarshilik kuni, Suvaysh kuni.
🇵🇰 Pokiston – Ozod Kashmir kuni.
🇩🇪 Germaniya – Kutubxonalar kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston – Diplomatik xodimlar kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston – Halok bo‘lgan kosmik kashshoflarni xotirlash kuni.
🇨🇳 Xitoy – Dasturchilar kuni.
🇿🇲 Zambiya – Mustaqillik bayrami. 
🇷🇺 Rossiya – Halok bo‘lgan raketachilarni xotirlash kuni (1960, 1963).
🇷🇺 Rossiya – Maxsus qo‘shinlar kuni.

    ⚜️VOQEALAR:⚜️

🔰1147 — Rekonkista: Lissabon xiristian ritsarlari tomonidan egallandi.
🔰1648 — Oʻttiz yillik urush yakunlandi.
🔰1658 — Molyer Lyudovik XIV bilan uchrashdi.
🔰1929 — AQShda Buyuk depressiya boshlandi.
🔰1935 — Moskvadagi Kreml minorasiga yulduz o’rnatildi.
🔰1945 – BMT ning Ustavini 51 ta davlat imzoladi.
🔰1947 — Walt Disney hibsga olindi.
🔰1960 — Baykonur halokati (1960): Qitʻalararo ballistik raketa portlab ketdi.
🔰1962 – SSSR AQShning Kubani qamal qilishiga qarshi norozilik bildirdi.
🔰1963 – Baykonur kosmodromida R-9 raketa siloslaridan birida yong’in. 7 kishi halok bo’ldi.
🔰1964 – Shimoliy Rodeziya mustaqilligini e’lon qildi va nomini Zambiya deb o’zgartirdi.
🔰1969 – aktyor Richard Berton aktrisa Elizabet Teylorga 1 million dollarlik olmosli uzuk sovg’a qildi.
🔰1977 – birinchi sovet keng flyuzazli Il-86 samolyoti sinov parvozini yakunladi.
🔰 2000 — Misrda Kleopatraning dastxati topildi.

♻️TAVALLUDLAR:♻️

🎈1632 – Levenguk Antoni van (1723) – golland tabiatshunosi, ilmiy mikroskopiya asoschisi, London qirollik jamiyati a’zosi (1680 yildan).
🎈1784 – Bove Osip Ivanovich (1834) – rus me’mori.Ampir namoyandasi.
🎈1911 – Raykin Arkadiy Isaakovich (1987) – aktyor, estrada artisti, SSSR Xalq artisti (1968).
🎈1941 – Mo’minov Ramizulla – fizik olim, O’zbekiston FA akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1990)
🎈1960 – Nikolay Petrov (2002) – sovet va rus gitarachisi, «Nautilus Pompilius» rok guruhining a’zosi.
🎈1966 – Roman Abramovich – rus va isroillik tadbirkor.
🎈1973 – Vensan Kandela – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (1998) va Yevropa chempioni (2000).
🎈1985 – Ueyn Runi – ingliz futbolchisi, sardor va Angliya to’purari.
🎈1987 – Charli Uayt – amerikalik figurali uchish (muz ustida raqs), Olimpiya chempioni (2014), ikki karra jahon chempioni.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan