👉 BAYRAMLAR:
🌏 Butunjahon mehr-muruvvat kuni.
🌏 Professional buxgalterlar kuni.
🌏 Yangi so’zlarni o‘ylab topish kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇦🇱 Albaniya – Mustaqillik kuni (1912); shuningdek Bayroq kuni.
🇧🇮 Burundi – Respublika kuni.
🇮🇷 Eron – Dengiz kuchlari kuni.
🇨🇬 Kongo – Respublika kuni.
🇲🇷 Mavritaniya – Mustaqillik kuni (1960).
🇵🇦 Panama – Mustaqillik kuni.
🇷🇺 Rossiya – Onalar kuni.
🇺🇦 Ukraina – Moliyaviy monitoring tizimi xodimlari kuni.
🇹🇱 Sharqiy Timor – Mustaqillik kuni (1975).
🇹🇩 Chad – Respublika kuni.
👉 VOQEALAR:
– 936 – Xitoyda Jin sulolasi hukmronligi boshlandi.
– 1520 – Ferdinand Magellan ilk bor Magellan bo‘g‘ozidan o‘tdi.
– 1627 – Polsha-Shvetsiya urushi: Oliva jangi. Rech-Pospolitaning g’alabasi bilan yakunlandi.
– 1660 – London qirollik jamiyati tuzildi.
– 1812 – Berezina jangi.
-1812 – bug‘ kuchi bilan ishlaydigan bosma mashinada «Times» gazetasi ilk bor chop etildi.
-1821 – Panama Ispaniyadan mustaqillik oldi.
-1843 – Gavayi Qirolligi mustaqilligi Britaniya va Fransiya tomonidan tan olindi.
-1912 – Albaniya Usmonli Turklar davlatidan ajralib chiqdi.
-1917 – Qo‘qon shahrida Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi o‘z ishini yakunladi.
Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang
-1919 – Britaniya parlamenti a’zoligiga tarixda ilk bor ayol kishi saylandi.
– 1943 – Tehron konferensiyasi boshlandi.
– 1950 – «Plan Kolombo» xalqaro tashkiloti tashkil etildi.
– 1958 – Chad, Kongo va Gabon Fransiyadan muxtoriyat oldi.
– 1960 – Mavritaniya Fransiyadan mustaqillikka erishdi.
– 1964 – Surami yaqinidagi IL-14 halokati (Gruziya SSR). 7 kishi halok bo’ldi.
– 1964 – Marsga Amerikaning «Mariner-4» avtomatik stantsiyasi uchirildi.
– 1975 – FRETILIN Sharqiy Timor Demokratik Respublikasining Indoneziyadan mustaqilligini e’lon qildi.
– 1979 – Antarktidada DC-10 halokati, 257 kishi halok bo’ldi.
– 1987 – Mavrikiy oroli yaqinida Boeing 747 halokati, 159 kishi halok bo’lgan.
– 1989 – Baxmal inqilobi: Chexoslovakiya Kommunistik partiyasining yakkahokimligiga barham berildi.
– 1992 – O‘zbekiston Pokiston, Eron va Turkiya bilan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotlarifa a’zo bo‘ldi.
– 2000 – Ukrainada „kasseta janjali“.
– 2014 – Nigeriyaning Kano shahridagi markaziy masjidda sodir etilgan portlashda 120 kishi halok bo‘ldi.
– 2016 – Braziliyaning «Shapekoense» futbol jamoasining aksariyati aviahalokatda vafot etdi.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1632 – Lyulli Jan Batist (1687) – fransuz kompozitori, musiqiy klassisizm uslubining yirik namoyandasi.
– 1757 – Uilyam Bleyk (1827) – ingliz shoiri, rassom va gravyurachi.
– 1820 – Fridrix Engels (1895) – nemis faylasufi, kommunistik mafkura asoschisi.
– 1821 – Nikolay Nekrasov (1878) – rus shoiri (Eski taqvim bo‘yicha).
– 1837 – Jon Hayat (1920) – amerikalik kimyogar, muhandis, selluloid ixtirochisi.
– 1857 – Alfonso XII – Ispaniya qiroli.
– 1880 – Aleksandr Blok (1921) – “Kumush asr” davri rus shoiri.
– 1881- Sveyg Stefan (1942) – avstriyalik yozuvchi.
– 1915 – Konstantin Simonov (1979) – sovet shoiri, nasr yozuvchisi va dramaturg, jamoat arbobi.
– 1916 – Ramon Xose Velaskes – Venesuela prezidenti.
-1927 – Abdulhalim Muazzamshoh (2017) – saylangan Malayziya sultoni (1900-1975), (2011-2016).
Sara kitoblar kanalidan olindi
– 1932 – Malika Abdullaxoʻjayeva (2018) – patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980).
– 1950 – Rassel Xals – PSR B1913 + 16 ikkilik pulsarini kashf etgan amerikalik astrofizik, Nobel mukofoti sohibi (1993).
– 1967 – Anna Nikol Smit (2007) – amerikalik supermodel, aktrisa va teleboshlovchi.