Bugun 18-mart 2024-yil, dushanba
👉 BAYRAMLAR:
🇺🇳 Parij Kommunasi kuni
🌏 Chiqindilarni qayta ishlash global kuni
🌏 Elektr ustara tug‘ilgan kun
🌏 Inson birinchi marta ochiq fazoga chiqqan kun
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇦🇼 Aruba – Bayroq va madhiya kuni.
🇧🇾 Belorussiya – Ichki qo‘shinlar kuni.
🇫🇷 Fransiya – Parij Kommunasi kuni.
🇮🇹 Italiya – Covid-19 qurbonlarini xotirlash kuni.
🇲🇳 Mongoliya – Harbiylar kuni, Erkaklar kuni.
🇷🇺 Rossiya – Qrimning Rossiya bilan birlashuvi kuni.
🇹🇷 Turkiya – Xotira kuni (Chanaqqaladagi g‘alaba kuni).
🇺🇦 Ukraina – Soliq va bojxona xizmati xodimlari kuni
👉 VOQEALAR:
– 37 – Kaligula hukmronligi boshlandi.
– 1229 – Salibchilar Quddus qirolligini qayta tiklashdi.
– 1241 – Moʻgʻullar Krakov shahrini vayron qilishdi.
– 1314 – Buyuk magstr Jak Mole va boshqa tampliyerlar ustidan papa sudi boshlandi.
– 1325 – Tenochtitlan shahriga asos solindi.
– 1662 – Parijda birinchi jamoat transporti – 8 kishilik kareta paydo bo‘ldi.
– 1805 – Napoleon I o‘zini Italiya qiroli deb e’lon qildi.
– 1839 – Xitoy imperatori ajnabiy kompaniyalarga Xitoy hududiga atyun olib kirishni ta’qiqladi.
– 1869 – Dmitriy Mendeleyevning Kimyoviy elementlar davriy sistemasi eʼlon qilindi.
– 1871 – Parij kommunasi tuzilganligi eʼlon qilindi.
– 1898 – Nemis muhandisi Rudolf Dizel ichki yonuv dvigatelini ixtiro qildi.
– 1915 – Fransiya va Angliya Rossiyaga Konstantinopol shahrini berdilar.
– 1917 – So‘nggi rus imperatori Nikolay II qamoqqa olindi.
– 1921 – Kronshtadt qoʻzgʻoloni.
– 1922 – Mahatma Gandi 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
– 1926 – Pekinda namoyishchilarning o‘qqa tutilishi.
– 1931 – AQShda birinchi elektr ustara ishlab chiqarildi.
– 1946 – Vashingtonda Butunjahon banki ish boshladi.
– 1949 – NATO tashkiloti tuzildi.
– 1965 – Aleksey Leonov insoniyat tarixida birinchi marta ochiq fazoga chiqdi.
– 1990 – Bostondagi muzeyda oʻgʻirlik sodir etildi.
– 1992 – Oʻzbekiston va Hindiston davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
– 1992 – Finlyandiya parlamenti mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirishiga rozilik berdi.
– 2014 – Qrim Rossiya tarkibiga kirdi.
– 2024 – Rossiya prezidenti uchun saylovlar yakunlandi.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1075 – Abdulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad Jorulloh Zamaxshariy (1143) – Xorazm ilm-fan va madaniyatini dunyoga tanitgan buyuk siymo, arabshunos olim, shoir, yozuvchi va imom.
– 1796 – Yakob Shteyner (1863) – shveytsariyalik matematik, zamonaviy sintetik geometriya asoschilaridan.
– 1837 – Grover Klivlend (1908) – AQShning 22 va 24-prezidenti (1885-1889 va 1893-1897).
– 1844 – Nikolay Rimskiy-Korsakov (1908) – rus bastakori, pedagog, dirijyor, musiqiy tanqidchi.
– 1858 – Rudolf Dizel (1913) – nemis muhandisi va ixtirochisi, ichki yonuv dvigatelini yaratgan.
– 1869 – Nevill Chemberlen (1940) – Buyuk Britaniya davlat arbobi va Bosh vaziri (1937-1940).
– 1886 – Koffka Kurt (1941) – nemis-amerika psixologi, geshtalt psixologiya asoschilaridan biri.
– 1907 – Sobir Yunusov (1995) – kimyogar olim, SSSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1958), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959).
– 1908 – Yakov Jugashvili (1943) – Sovet zobiti, I.V. Stalinning katta o‘g‘li.
– 1916 – Roziya Karimova – raqqosa, balet artisti, xoreograf, pedagog, olima, Oʻzbekiston xalq artisti(1950).
– 1918 – Zuhriddin Nuriddinov (1988) – tarixchi olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.
– 1940 – Marat Yunusov – rossiyalik o‘zbek kimyogar olimi, Rossiya FA akademigi.
– 1959 – Lyuk Besson – fransuz kinorejissyori, ssenariynavis va prodyuser, EuropaCorp asoschisi.
– 1969 – Jimmy Morales – Gvatemalaning Prezidenti.
– 1972 – Muzaffarbek Madrahimov – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig’i.
– 1980 – Aleksey Yagudin – rossiyalik figurali uchish ustasi, Olimpiya chempioni (2002), 4 karra jahon, 3 karra Yevropa chempioni.
– 1982 – Tatyana va Olga Arntgolslar – rossiyalik egizak kino va teatr aktrisalari.
– 1987 – Rebekka Soni – amerikalik suzuvchi ayol, uch karra olimpiya, ko‘p karra jahon chempioni.