Bugun 7-may 2024-yil, seshanba.
🎈TAVALLUDLAR:🎈
🎁1676 – Pyetro Jannone (1748) – italiyalik huquqshunos, tarixchi, faylasuf va yozuvchi.
🎁1704 – Karl Graun (1759) – nemis bastakori («Isoning oʻlimi», «Te Deum» va boshqalar).
🎁1711 – Devid Yum (1776) – shotlandiyalik faylasuf, tarixchi va iqtisodchi.
🎁1713 – Aleksi Klod Klero (1765) – fransuz matematigi, mexanigi va astronomi, 18 yoshida Fransiya FA ning tarixdagi eng yosh aʼzosi boʻlgan.
🎁1748 – Olimpiya de Guj (asl ismi Mari Guz; 1793-yilda qatl etilgan) – fransuz yozuvchisi, dramaturg, jurnalist, siyosiy faol, feminizm va abolitsionizm tarafdori.
🎁1774 – Frensis Bofort (1857) – britaniyalik admiral, harbiy gidrograf, 12 balli shamol kuchi shkalasini ishlab chiqqan.
🎁1840 – P. I. Chaykovskiy (1893) – rus kompozitori.
🎁1861 – Rabindranand Thokur (1941) – atoqli hind adibi, Nobel mukofoti sohibi (1913).
🎁1896 – Pavel Aleksandrov (1982) – matematik, akademik, Sovet topologik maktabining asoschisi.
🎁1908 – Maks Grundig (1989) – nemis tadbirkori, Grundig radioelektron konserni asoschisi.
🎁1929 – To‘lepbergen Qayipbergenov (2010) – O‘zbekison va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston Qahramoni (2003).
🎁1929 – Abdulxay Valiyev – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, faylasuf-olim, professor.
🎁1939 – Sayid Ali Husayniy Xomanaiy – eronlik siyosiy va diniy arbob, Eron Oliy Rahbari, Oyatulloh. Eronning 3-prezidenti (1981-1989).
🎁1974 – Nazarbekov Ozodbek – taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, Oʻzbekiston xalq artisti (2010) va Qoraqalpogʻiston xalq artisti.
🎁1983 – Aleksandr Legkov – rossiyalik chang’ichi, Olimpiya chempioni (2014)..
🎊BAYRAMLAR:🎊
🌏 Butunjahon xursandchilik kuni.
🌏 Xalqaro boquvchisini yo‘qotgan onalar kuni.
🌏 Xalqaro oilada tenglik kuni.
🌏 Radio kuni.
🌏 Xalqaro planetariylar kuni.
🎉 MILLIY BAYRAMLAR:🎉
🇺🇸 AQSh – Turizm kuni.
🇦🇲 Armaniston, 🇧🇾 Belorussiya, 🇷🇺 Rossiya – Radio kuni.
🇧🇩 Bangladesh – Muhandislar kuni.
🇫🇴 Daniya – Ibodat kuni.
🇨🇦 Kanada – Bolalar va o‘smirlar ruhiy salomatligi kuni.
🇱🇹 Litva, 🇪🇸 Ispaniya, 🇷🇴 Ruminiya, 🇵🇹 Portugaliya, 🇭🇺 Vengriya – Onalar kuni.
🇷🇺 Rossiya – Rossiya Qurolli kuchlari kuni.
🇷🇺 Rossiya – Harbiy Dengiz Flotining aloqa va radiotexnika xizmati mutaxassislari kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston – Aloqa xodimlari kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston – Vatan himoyachilari kuni.
🇱🇹 Litva – Imloning qaytarilish kuni.
🇵🇹 Portugaliya – “Dengiz odami” kuni.
🇸🇻 Salvador – Askarlar kuni.
🏴 Shotlandiya – Bahor kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Aloqa sohasi xodimlari va Radio kuni.
🇹🇴 Tonga – Bolalar kuni.
🌀VOQEALAR:🌀
⚜️1104 – Harran jangida salibchilar mag’lubiyatga uchradi.
⚜️1663 – Londonda Druri-Leyn teatri ochildi.
⚜️1744 – Yelizaveta Petrovna Rossiyada o’lim jazosini bekor qilish to’g’risidagi farmonni imzoladi.
⚜️1755 – Moskva Universiteti ochildi.
⚜️1785 – Jan Per Blanshar va Jon Jyeffris birgalikda La-Manshni havo sharida uchib o‘tishdi.
⚜️1895 – Rus fizigi va elektrotexnigi Aleksandr Popov Sankt- Peterburgda radioning dastlabki variantini ommaga namoyish etdi.
⚜️1921 – O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati tashkil etildi.
⚜️1940 – Moskva Davlat universitetiga Lomonosov nomi berildi.
⚜️1946 – Tokioda Sony kompaniyasi tashkil topdi.
⚜️1954 – AQSh, Fransiya va Angliya Sovet Ittifoqining NATOga a’zo bo’lish taklifini rad etishdi.
⚜️1960 – Mixail Tal shaxmat bo’yicha 8-jahon chempioni bo’ldi.
⚜️1992 – Toshkentdagi Kinochilar uyida mustaqil O‘zbekistonning
birinchi pochta markasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
⚜️1992 – O‘zbekiston va Shveytsariya Konfederatsiyasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
⚜️1993 – “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi.
⚜️1993 – O‘zbekiston Respublikasining “Havo kodeksi” tasdiqlandi.
⚜️1994 – Forishda sportning milliy va xalq o‘yinlari bo‘yicha birinchi Respublika Olimpiadasi boshlandi.
⚜️2000 – Vladimir Putin Rossiya Prezidenti vazifasiga kirishdi.
⚜️2013 – Yer aholisi asrda atigi bir necha marta sodir bo’ladigan noyob astronomik hodisani kuzatishdi. Merkuriy Yer va Quyosh o’rtasida harakat qildi.