Bugun 25-iyul 2024-yil, payshanba.
🎉BAYRAMLAR:🎉
🌏 Xalqaro «Salomatlik, baxt va gipnoz» kuni.
🌏 Kulinarlar kuni.
🌏 Tish texniklari kuni.
⚜️ MILLIY BAYRAMLAR:⚜️
🇺🇸 AQSh – Karusel kuni.
🇧🇾 Belarusiya – Yong’in xizmati xodimlari kuni.
🇩🇰 Daniya – Isted jangi kuni.
🇵🇭 Filippin – Student matbuoti erkinligi kuni.
🇪🇸 Ispaniya – Galitsiya milliy kuni.
🇨🇷 Kosta-Rika – Guanakastiya kuni.
🇵🇷 Puerto-Riko – Konstitutsiya kuni.
🇷🇺 Rossiya – Vladimir Visotskiyni xotirlash kuni.
🇷🇺 Rossiya – Tergov idoralari xodimlari kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Avtomobil transporti xodimlari kuni.
🇹🇳 Tunis – Respublika kuni.
🌀 VOQEALAR:🌀
🔰326 – Rim imperatori Konstantin bayram paytida birinchi marta butparastlik sanamlarini olib chiqishdan bosh tortdi.
🔰1139 – Portugaliyalik Graf Alfonso o’zini qirol deb e’lon qildi. Portugaliya qirollikka aylandi.
🔰1139 – Ourike jangi.
🔰1261 – Mixail VIII Paleolog Vizantiya imperiyasini qayta tikladi.
🔰1587 – Yaponiyada nasroniylik taqiqlangan, iezuitlarga 20 kun ichida mamlakatni tark etish buyurilgan.
🔰1593 – Genri Navarrskiy oshkora katolik diniga o‘tdi.
🔰1799 – Napoleon I Abukir jangida turklarga zarba berdi.
🔰1812 – 1812-yilgi Vatan urushi: Ostrovno yaqinidagi jangning boshlanishi (27-iyulgacha).
🔰1814 – Ingliz ixtirochisi Jorj Stivenson bug‘ lokomotivining birinchi sinovini o‘tkazdi.
🔰1826 – besh nafar dekabristlar qatl etildi.
🔰1909 – Lui Blerio La-Mansh boʻgʻozini 37 daqiqiada bosib oʻtdi.
🔰1930 – SSSRda “Umumiy oʻrta taʻlim” toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
🔰1941 – Fashistlar Vitebskda Getto tashkil qildilar.
🔰1946 – Qo‘shma Shtatlar Bikini Atollida suvosti atom qurilmasining sinov portlashini o‘tkazdi.
🔰1947 – Pragada 1-Butunjahon yoshlar va talabalar festivali boshlandi.
🔰1957 – Tunisda monarxiya bekor qilindi.
🔰1963 – Buyuk Britaniya, SSSR va AQSh havoda, ochiq kosmosda va suv ostida yadro sinovlarini taqiqlovchi shartnomani imzoladilar.
🔰1973 – “Mars-5” sayyoralararo sovet stansiyasi Baykonur kosmodromidan uchirildi.
🔰1984 – Birinchi ayol kosmonavtning ochiq kosmosga chiqishi. Svetlana Savitskaya «Salyut-7» orbital kosmik stansiyasidan ochiq kosmosga chiqdi.
🔰1994 – Vashingtonda Iordaniya va Isroil urushining tugaganligi to‘g‘risida Deklaratsiya imzolandi.
🔰2000 – Parij-Sharl de Goll aeroportidan havoga ko’tarilayotgan “Konkord” samolyotining qulashi.
🔰2007 – Pratibha Patil tarixda Hindiston prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ldi.
🔰2018 – Suriya janubidagi Al-Suvayda shahridagi teraktlar, 200 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Mas’uliyatni «Islom davlati» o’z zimmasiga oldi.
🎁TAVALLUDLAR:🎁
🎈1109 – Alfons I Enrikish (1185) – Portugaliyaning birinchi qiroli (1139-1185).
🎈1734 – Ueda Akinari (1809) – yapon shoiri va yozuvchisi.
🎈1794 – Nikolay Muravyov-Karskiy (1866) – rus harbiy zobiti, diplomat va sayohatchi, imperatorning Kavkazdagi noibi (1854-1856).
🎈1841 – Emil Teodor Kocher (1917) – shveysariyalik xirurg, Nobel mukofoti sohibi (1909).
🎈1855 – Yulian Kulakovskiy (1919) – rus filologi, tarixchi, arxeolog, Qadimgi Rim va Vizantiya tarixi bilimdoni.
🎈1884 – Devidson Blek (1934) – Sinantropning qoldiqlarini topib olgan kanadalik paleontolog.
🎈1894 – Gavrilo Prinsip (1918) – Avstriya taxti merosxo‘riga suiqasd qilgan serb millatchisi.
🎈1905 – Elias Kanetti (1994) – Avstriyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1981).
🎈1905 – Komil Aliyev (1939) – jurnalist, o‘zbek matbuotida fel’etonchilik asoschilaridan bo‘lgan.
🎈1912 – Rahmonqul Qurbonov (2012) – SSSR davlat arbobi, O‘zSSR Ministrlar Soveti raisi (1961-1971).
🎈1919 – Xosiyat Azimova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti (1981).
🎈1929 – Vasiliy Shukshin (1974) – sovet rejissyori, aktyor, ssenariynavis, yozuvchi.
🎈1938 – Oʻktam Usmonov (1990) – yozuvchi, jurnalist.
🎈1950 – Rustam Saʼdullaev – oʻzbek va sovet aktyori, rejissyor.
🎈1956 – Frances Hamilton Arnold – amerikalik kimyo muhandisi va Nobel mukofoti sohibi. (2018)
🎈1967 – Matt Leblan – amerikalik aktyor.
🎈1975 – Yevgeniy Nabokov – rossiyalik xokkeychi (darvozabon), jahon chempioni (2008).