Bugun 15-aprel 2025-yil, seshanba.

🎊BAYRAMLAR:🎊
🇺🇳 Xalqaro madaniyat kuni.
🇺🇳 Ekologik bilimlar kuni.
🌏 Xalqaro mobil aloqalarsiz kun.
🌏 Butunjahon san’at kuni.
🌏 Xalqaro sirk kuni.
🎉MILLIY BAYRAMLAR:🎉
🇺🇿 O‘zbekiston madaniyati va san’ati xodimlari kuni.
🇬🇪 Gruziya – Muhabbat kuni.
🇪🇸 Ispaniya – Bolalar kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston – Sevishganlar kuni.
🇮🇳 Hindiston (g‘arbiy Bengaliya) – Yangi yil.
🇧🇦 Bosniya va Gertsegovina – Armiya kuni.
🇰🇵 KXDR – Quyosh bayrami (Kim Ir Sen tug‘ilgan kun).
🇷🇺 Rossiya – Elektron tahdidlarga qarshi kurash mutaxassislari kuni.
🇹🇯 Tojikiston – Dushanbe shahri kuni.
🇺🇦 Ukraina – Jinoyat qidiruv xodimlari kuni.
🌀VOQEALAR:🌀
🔰1395 – Terek daryosi bo‘yida Amir Temur va To‘xtamishxon o‘rtasidagi hal qiluvchi jang.
🔰1450 – Forminiy jangi, unda fransuz armiyasi qit’ada ingliz ekspeditsiya korpuslarini mag’lub etdi.
🔰1638 – Xara qal’asiga hujum natijasida Simabara qo’zg’oloni – yapon dehqonlarining qo’zg’oloni – nihoyat bostirildi.
🔰1784 – Buyuk Britaniyada havo sharida birinchi boshqariladigan parvoz amalga oshirildi.
🔰1795 – Litvaning Rossiya imperiyasiga qo’shilishi.
🔰1891 – Amerikalik ixtirochi Tomas Edison harakatlanuvchi mashinalar tasvirini jamoatchilikka namoyish qildi.
🔰1896 – Yunoniston poytaxti Afinada antik davrlardan beri ilk Olimpiya oʻyinlari nihoyasiga yetdi
🔰1924 – AQShda avtomobil yo‘llarining birinchi xaritasi paydo bo‘ldi.
🔰1928 – Tojikistonda arab alifbosidan lotin grafikasiga o‘tildi.
🔰1942 – Qamaldagi Leningradda tramvaylar harakati tiklandi.
🔰1955 – Illinoys shtatining Des Pleynsshahrida tadbirkor Rey Krok oʻzining ilk McDonald’s restoranini ochdi.
🔰1993 – Turkmaniston prezidenti Saparmurot Niyozov turkman tili va yozuvi, kirill alifbosidan lotin alifbosiga oʻtishini eʼlon qildi.
🔰1999 – Xalqaro astronomlar jamoasi Andromeda yulduz turkumidagi Ipsilon yulduzi yaqinida yirik sayyoralar topilganligini e’lon qildi.
🔰2000 – Shahrisabz shahrida Sohibqiron Amir Temur xoritasiga bag‘ishlangan milliy kurash bo‘yicha uchinchi Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
🔰2010 – Qirgʻiziston prezidenti Qurmanbek Bakiyev isteʼfoga chiqdi.
🎁TAVALLUDLAR:🎁
🎈1452 – Leonardo da Vinchi (1519) – buyuk italyan musavviri va olimi.
🎈1489 – Memar Sinan (1588) – turk meʼmori va muhandisi.
🎈1642 – Sulaymon II (1691) – Usmonlilar imperiyasining sultoni (1687-1691).
🎈1684 – Yekaterina I (haqiqiy ismi Marta Samuilovna Skavronskaya; 1727) – Rossiya imperatritsasi (1725-1727).
🎈1797 – Lui Adolf Tyer (1877) – fransuz tarixchisi va siyosatchisi, Uchinchi respublikaning birinchi prezidenti (1871-1873).
🎈1858 – Dyurkxeym Emil (1917) – fransuz sotsiologi, fransuz sotsiologik maktabi asoschisi.
🎈1874 – Yoxannes Stark (1957) – nemis fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1919).
🎈1878 – Sadriddin Ayniy – yozuvchi, olim, jamoat arbobi.
🎈1880 – Maks Vertgeymer (1943) – chex psixologi, geshtaltpsixologiya asoschilaridan biri.
🎈1894 – Nikita Xrushchyov (1971) – KPSS Markaziy Komitetining birinchi kotibi (1953-1964), Sovet Ittifoqi Qahramoni, uch karra Sotsialistik Mehnat Qahramoni.
🎈1896 – Nikolay Semyonov (1986) – rus fizigi va fizik-kimyogari, kimyoviy fizika fani asoschilaridan, Nobel mukofoti sohibi (1956).
🎈1912 – Kim Ir Sen (1994) – koreyalik siyosatchi, Shimoliy Koreyaning asoschisi va birinchi rahbari.
🎈1914 – Ziyo Samadiy – uyg’ur yozuvchisi, davlat va jamoat arbobi, zamonaviy uyg’ur adabiyoti asoschilaridan.
🎈1937 – Gulsara Yoqubova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti.
🎈1945 – Alibekov Islom – teatr rassomi, O’zbekiston xalq rassomi (2001).
🎈1949 – Alla Pugachyova – taniqli rus qo‘shiqchisi.
🎈1952 – Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali (2015) – atoqli diniy ulamo, islom dini rivojiga katta hissa qo‘shgan o‘zbek olimi, Islom ulamolari millatlararo ittifoqining aʼzosi.
🎈1953 – Shodiyev Fattoh – yirik tadbirkor, milliarder, millati – oʻzbek, Alijon Ibragimovning hamkori, Eurasian National Resources Corporation(ENRC) hamraisi.
🎈1984 – Botir Usmonov – ogir atletikachi, xalqaro toifadagi sport ustasi (2001), «Oʻzbekiston iftixori» (2001).
Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan