
🎊BAYRAMLAR:🎊
🌏 Butunjahon kariyessiz kelajak uchun kuni.
🌏 Butunjahon Standartlash kuni.
🌏 Butujahon ko’chib yuruvchi qushlar kuni.
🌍 Xalqaro Afrika pingvinlari kuni.
🌏 Vinni Pux kuni.
🎉 MILLIY BAYRAMLAR:🎉
🇺🇸 AQSh – Shaxmat kuni.
🇦🇲 Armaniston – Yerevan shahri kuni.
🇧🇩 Bangladesh, 🇮🇳 Hindiston “Mahalaya” bayrami.
🇿🇲 Belorusiya – Onalar kuni.
🇬🇪 Gruziya – Mtsxetoba.
🇨🇬 Kongo – Yoshlik kuni.
🇲🇩 Moldova – Kishinyov kuni.
🇲🇳 Mongoliya – Daraxt ekish kuni.
🇵🇱 Polsha – O‘qituvchilar kuni.
🇹🇭 Tailand – Demokratiya kuni.
🇹🇿 Tanzaniya – Nyerere kuni.
🇷🇺 Rossiya – Qo’riqxona xodimlari kuni.
🇾🇪 Yaman – Ozodlik kuni.
💠 VOQEALAR:💠
⚜️1066 – Gastings jangi.
⚜️1815 – Napoleon I Muqaddas Yelena oroliga surgun qilindi.
⚜️1843 – Birinchi bor “Mendelson” marshi sadolari yangragan kun.
⚜️1884 – Jorj Eastman fotoplyonkani patentladi.
⚜️1900 – Zigmund Freydning mashhur «Tushlar ta’biri» kitobi nashr etildi.
⚜️1905 – Parijda Xalqaro aviatsiya federatsiyasi tashkil etildi.
⚜️1913 – Janubiy Uelsdagi shaxtada metan portlashi natijasida 439 kishi halok bo’ldi.
⚜️1924 – Tojikiston ASSR va Qora-Qirg’iz Avtonom viloyati tuzildi.
⚜️1926 – Londonda Alan Milnning «Vinni Pux» filmi namoyish etildi.
⚜️1928 – „Graf Zeppelin“ Atlantika okeanidan uchib oʻtib Nyu Jersi shtatida qoʻndi.
⚜️1933 – fashistlar Germaniyasi Millatlar Ligasidan chiqishini e’lon qildi.
⚜️1944 – Ukraina SSR fashist bosqinchilaridan ozod qiligan kuni.
⚜️1966 – AQSHda „Qora qoplonlar“ partiyasi tuzildi.
⚜️1970 – Gaagada havo kemalarini noqonuniy olib qo’yilishiga qarshi kurash to’g’risidagi xalqaro konvensiya qabul qilindi.
⚜️1972 – Bernardo Bertoluchchining mashhur «Parijdagi so’nggi tango» filmi Nyu-York kinofestivalida namoyish etildi.
⚜️1994 – Shotlandiyalik Fiona Kempbell Yer sayyorasini piyoda bosib o’tgan birinchi ayol bo’ldi.
⚜️2003 – Xitoy „Chenzhou“ kosmik kemasini fazoga uchirdi.
⚜️2012 – Feliks Baumgartner 39 km (128100 fut) balandlikdan muvaffaqiyatli sakradi.
⚜️2017 – Mogadishodagi teraktlar, 580 dan ortiq odam halok bo’ldi.
🎁TAVALLUDLAR:🎁
🎈1542 – Akbar Jaloliddin Muhammad (1605) – Hindistondagi Boburiylar saltanatining hukmdori (1556 yildan), Boburning nabirasi, Humoyunning o’g’li.
🎈1585 – Shuts Genri (1672) – nemis bastakori, organist, tarbiyachi, milliy kompozitorlik maktabining asoschisi.
🎈1644 – Uilyam Penn (1718) – nomi Pensilvaniya shtatiga qo‘yilgan ingliz jamoat arbobi.
🎈1873 – Jyul Rimet (1956) – fransuz huquqshunosi, futbol bo‘yicha Jahon chempionatining tashabbuskori va tashkilotchisi, FIFA prezidenti (1921-54).
🎈1890 – Duayt Devid Eyzenxauer (1969) – AQShning 34-prezidenti (1953-1961).
🎈1893 – Ip Man (1972) – Xitoy jang san’atlari ustasi, Bryus Lining ustozi.
🎈1906 – Raymond Devis (2006) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sovrindori (2002).
🎈1936 – Habibullayev Poʻlat (2010) – fizik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994).
🎈1941 – Mamedova Tursunoy (1996) – xonanda, O’zbekiston xalq artisti (1991).
🎈1947 – Mo’minov Qodir – raqqos, xoreograf, Oʻzbekiston xalq artisti (1997).
🎈1955 – Kozim Qayumov – xonanda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist.
🎈1969 – Viktor Onopko – rossiyalik futbolchi va trener.
🎈1981 – Shabnam Surayyo – tojik estrada yulduzi va Tojikistondagi mashhur zamonaviy ijrochilarning biri.