Bugun 13-fevral 2024-yil

Bugun 13-fevral 2024-yil, seshanba.

🎉 BAYRAMLAR:🎉

🇧🇿 YUNESKO – Xalqaro radio kuni.
🌏 O‘zini sevish kuni.
🌏 Kinokamera tug’ilgan kun.
🌏 Internetdagi do’stlar kuni.

💠MILLIY BAYRAMLAR:💠

🇦🇲 Armaniston – Terendez bayrami.
🇺🇸 AQSh – Yaqin do‘stlar kuni.
🇲🇲 Myanma – Bolalar kuni.
🇷🇺 Rossiya – Dugonalar kuni.
🇳🇿 Yangi Zelandiya – Vino festivali.

🌀VOQEALAR:🌀

🔰1241 – Mo‘g‘ullar Polshaga bostirib kirishdi.
🔰1633 – Galileo Galiley inkvizitsiya sudi uchun Rimga keldi.
🔰1689 – Angliyada Sharafli inqilob.
🔰1739 – Eron shohi Nodirshoh Hindistonga hujum qildi.
🔰1784 – Rossiya tarkibida Qrim tashkil topdi.
🔰1842 – Nikolay I Sank-Peterburg – Moskva temir yo‘lini qurish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
🔰1858 – Ingliz tadqiqotchilari Tanganika ko‘lini topishdi.
🔰1859 – Moskvada birinchi ayollar gimnaziyasi ochildi.
🔰1895 – Aka-uka Lyumerlar kinoapparat uchun patent olishdi.
🔰1902 – Shamaxida sodir bo’lgan zilzila uch mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo’ldi.
🔰1925 – Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Sovetlarning I umumo‘zbek qurultoyi ochildi. Unda “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
tuzilgani to‘g‘risidagi deklaratsiya” qabul qilindi.
🔰1937 – Parijda afsonaviy josus ayol – Mata Xari qamoqqa olindi.
🔰1931 – SSSR Inqilobiy kengashi Tokarev to‘pponchalaridan (TT) mingta ishlab chiqarishga qaror qildi.
🔰1945 – Drezden shahri bombardimon qilindi.
🔰1946 – Amerikalik harbiylar birinchi raqamli kompyuter yaratishganini e’lon qilishdi.
🔰1975 – Shimoliy Kipr Turk Federativ davlati tuzilgani e’lon qilindi.
🔰1980 – Leyk-Plesidda (AQSh) XIII qishki olimpiya o‘yinlari ochildi.
🔰1988 – Kalgarida (Kanada) XV qishki olimpiya o‘yinlari ochildi.
🔰1996 – Nepalda qirollik hokimiyatiga qarshi Nepal Kommunistik partiyasi (maochilar) «xalq urushi» ni boshladi.
🔰1997 – O‘zbekiston va Mali o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
🔰2001 – Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etildi.
🔰2004 – Dohada (Qatar) suiqasd natijasida Checheniston Ichkeriya Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Zelimxan Yandarbyev vafot etdi.

🎁 TAVALLUDLAR:🎁

🌹1743 – Ser Jozef Benks (1820) – ingliz tabiatshunosi, botanik.
🌹1769 – Krilov Ivan (1844) – rus shoiri, masalchi, publisist, noshir.
🌹1873 – Fyodor Shalyapin (1938) – buyuk opera xonandasi.
🌹1883 – Yevgeniy Vaxtangov (1922) – rus va sovet teatr aktyori, rejissyor, pedagog.
🌹1901 – Sayfi Olimov (1984) – aktyor, rejissyor, o‘zbek teatri tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti.
🌹1903 – Jorj Simenon (1989) – belgiyalik yozuvchi, detektiv janri ustasi.
🌹1910 – Uilyam Bredford Shokli (1989) – amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1965).
🌹1911 – Hasan Po‘lat (1942) – o‘zbek adibi.
🌹1913 – Badal Nurmuhamedov (1991) – aktyor, rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1990).
🌹1913 – Xolid ibn Abdulaziz as-Saud (1982) – Saudiya Arabiston qiroli (1975-1982).
🌹1916 – Shamsiddinov Fazliddin (1980) – dirijyor, O’zbekiston (1965) va Qoraqalpog’iston 1973) xalq artisti.
🌹1947 – Tatyana Tarasova – sovet va rossiyalik figurali uchish murabbiyi.
🌹1954 – Nisa Gasimova – xonanda, Ozarbayjon xalq artisti.
🌹1960 – Pyerluidji Kollina – italyalik futbol hakami.
🌹1962 – Mirzagul Sapayeva – aktrisa, xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (2002).
🌹1963 – Yap Xartsen – «Bluetooth» qurilmasini ixtiro qilgan muhandis.
🌹1965 – Yuriy Savichev – sovet futbolchisi, olimpiya chempioni (1988), “oltin gol” muallifi.
🌹1975 – Artemiy Lebedev – rus dizayneri va ixtirochisi.
🌹1986 – Hamish Bond – Yangi Zelandiya sportchisi, eshkak eshish bo’yicha uch karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon chempioni.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan