
O‘zbekiston madaniyati va san’ati xodimlari kuni.

Gruziya – Muhabbat kuni.

Ispaniya – Bolalar kuni.

Qozog‘iston – Sevishganlar kuni.

Hindiston (g‘arbiy Bengaliya) – Yangi yil.

Bosniya va Gertsegovina – Armiya kuni.

KXDR – Quyosh bayrami (Kim Ir Sen tug‘ilgan kun).

Rossiya – Elektron tahdidlarga qarshi kurash mutaxassislari kuni.

Tojikiston – Dushanbe shahri kuni.

Ukraina – Jinoyat qidiruv xodimlari kuni.

1395 – Terek daryosi bo‘yida Amir Temur va To‘xtamishxon o‘rtasidagi hal qiluvchi jang.

1450 – Forminiy jangi, unda fransuz armiyasi qit’ada ingliz ekspeditsiya korpuslarini mag’lub etdi.

1638 – Xara qal’asiga hujum natijasida Simabara qo’zg’oloni – yapon dehqonlarining qo’zg’oloni – nihoyat bostirildi.

1784 – Buyuk Britaniyada havo sharida birinchi boshqariladigan parvoz amalga oshirildi.

1795 – Litvaning Rossiya imperiyasiga qo’shilishi.

1891 – Amerikalik ixtirochi Tomas Edison harakatlanuvchi mashinalar tasvirini jamoatchilikka namoyish qildi.

1896 – Yunoniston poytaxti Afinada antik davrlardan beri ilk Olimpiya oʻyinlari nihoyasiga yetdi

1924 – AQShda avtomobil yo‘llarining birinchi xaritasi paydo bo‘ldi.

1928 – Tojikistonda arab alifbosidan lotin grafikasiga o‘tildi.

1942 – Qamaldagi Leningradda tramvaylar harakati tiklandi.

1955 – Illinoys shtatining Des Pleynsshahrida tadbirkor Rey Krok oʻzining ilk McDonald’s restoranini ochdi.

1993 – Turkmaniston prezidenti Saparmurot Niyozov turkman tili va yozuvi, kirill alifbosidan lotin alifbosiga oʻtishini eʼlon qildi.

1999 – Xalqaro astronomlar jamoasi Andromeda yulduz turkumidagi Ipsilon yulduzi yaqinida yirik sayyoralar topilganligini e’lon qildi.

2000 – Shahrisabz shahrida Sohibqiron Amir Temur xoritasiga bag‘ishlangan milliy kurash bo‘yicha uchinchi Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

2010 – Qirgʻiziston prezidenti Qurmanbek Bakiyev isteʼfoga chiqdi.

1452 – Leonardo da Vinchi (1519) – buyuk italyan musavviri va olimi.

1489 – Memar Sinan (1588) – turk meʼmori va muhandisi.

1642 – Sulaymon II (1691) – Usmonlilar imperiyasining sultoni (1687-1691).

1684 – Yekaterina I (haqiqiy ismi Marta Samuilovna Skavronskaya; 1727) – Rossiya imperatritsasi (1725-1727).

1797 – Lui Adolf Tyer (1877) – fransuz tarixchisi va siyosatchisi, Uchinchi respublikaning birinchi prezidenti (1871-1873).

1858 – Dyurkxeym Emil (1917) – fransuz sotsiologi, fransuz sotsiologik maktabi asoschisi.

1874 – Yoxannes Stark (1957) – nemis fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1919).

1878 – Sadriddin Ayniy – yozuvchi, olim, jamoat arbobi.

1880 – Maks Vertgeymer (1943) – chex psixologi, geshtaltpsixologiya asoschilaridan biri.

1894 – Nikita Xrushchyov (1971) – KPSS Markaziy Komitetining birinchi kotibi (1953-1964), Sovet Ittifoqi Qahramoni, uch karra Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

1896 – Nikolay Semyonov (1986) – rus fizigi va fizik-kimyogari, kimyoviy fizika fani asoschilaridan, Nobel mukofoti sohibi (1956).

1912 – Kim Ir Sen (1994) – koreyalik siyosatchi, Shimoliy Koreyaning asoschisi va birinchi rahbari.

1914 – Ziyo Samadiy – uyg’ur yozuvchisi, davlat va jamoat arbobi, zamonaviy uyg’ur adabiyoti asoschilaridan.

1937 – Gulsara Yoqubova – aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti.

1945 – Alibekov Islom – teatr rassomi, O’zbekiston xalq rassomi (2001).

1949 – Alla Pugachyova – taniqli rus qo‘shiqchisi.

1952 – Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali (2015) – atoqli diniy ulamo, islom dini rivojiga katta hissa qo‘shgan o‘zbek olimi, Islom ulamolari millatlararo ittifoqining aʼzosi.

1953 – Shodiyev Fattoh – yirik tadbirkor, milliarder, millati – oʻzbek, Alijon Ibragimovning hamkori, Eurasian National Resources Corporation(ENRC) hamraisi.

1984 – Botir Usmonov – ogir atletikachi, xalqaro toifadagi sport ustasi (2001), «Oʻzbekiston iftixori» (2001).