Bugun 15-fevral 2024-yil
BAYRAMLAR:
Xalqaro saratonga chalingan bolalar kuni.
🌏 Galileo Galiley kuni.
🌏 Xalqaro operatsiya hamshirasi kuni.
🌏 Begemotlar kuni.
💠MILLIY BAYRAMLAR:💠
🇦🇫 Afg‘oniston – Ozodlik kuni.
🇺🇸 AQSh – Syuzen Entoni kuni.
🇨🇦 Kanada – Bayroq kuni.
🇷🇺 Rossiya, 🇧🇾 Belarussiya – Baynalmilal jangchilar xotirasi kuni.
🇷🇸 Serbiya – Millat kuni (Birinchi serb qo‘zg‘oloni kuni).
🇸🇬 Singapur – Ommaviy mudofaa kuni.
🇺🇦 Ukraina – Boshqa davlatlardagi urush harakatlari ishtirokchilarini sharaflash kuni.
🇻🇺 Vanuatu – Jon Frum kuni.
⚜️VOQEALAR:⚜️
🔰438 – Rim imperiyasida birinchi rasmiy qonunlar to‘plami – Feodosiy kodeksi qabul qilindi.
🔰590 – Xusrav II Fors davlati taxtiga o’tirdi.
🔰1045 – Rossiyada Sofiya ibodatxonasi qurilishi boshlandi.
🔰1565 – Rossiyada oprichnina joriy qilinishi e’lon qilindi.
🔰1786 – Uilyam Gershel “Mushuk ko‘zi” sayyoralar tumanligini kashf qildi.
🔰1798 – Napoleonning generali Lui-Aleksandr Bertyer Rim shahriga bostirib kirishi natijasida Rim respublikasi e’lon qilindi.
🔰1804 – Serbiya inqilobi boshlanadi.
🔰1820 – Elektrning magnit ta’siri borligi kashf etildi.
🔰1835 – Zamonaviy Serbiyada birinchi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi.
🔰1895 – Moskvada “Gnesinlar musiqa bilim yurti” nomli Rossiyadagi birinchi bolalar musiqa maktabi ochildi.
🔰1919 – Petrogradda Katta Drama teatri ochildi.
🔰1922 – Gaagada Xalqaro sudning birinchi majlisi ochildi.
🔰1923 – Gretsiya Grigorian taqvimini qabul qilgan so’nggi Yevropa davlati bo’ldi.
🔰1933 – Mayamida Franklin Ruzveltga muvaffaqiyatsiz suiqasd uyushtirildi.
🔰1942 – Yaponiya Singapurni bosib oldi.
🔰1965 – Kanada bayrog‘i tasdiqlandi.
🔰1969 – Kembridjda odamning notabiiy koʻpayish amaliyoti oʻtkazildi.
🔰1973 – Quyosh portlashlarini tadqiq qilish uchun “Prognoz-3” yo‘ldoshi uchirildi.
🔰1976 – Kubaning 1976-yilgi Konstitutsiyasi umumxalq referendumi bilan qabul qilindi.
🔰1989 – SSSR armiyasini Afgʻonistondan olib chiqish nihoyasiga yetdi.
🔰1994 – Rossiyada prezident hokimiyatining timsoli – RF prezidenti Shtandarti rasman joriy qilindi.
🔰2013 – Chelyabinskda (Rossiya) yerga meteorit tushdi.
🎈TAVALLUDLAR:🎈
🎁1368 – Sigismund I (1437) – Vengriya va Xorvatiya qiroli (1387-yildan), Germaniya qiroli (1410-yildan), Chexiya qiroli (1419-yildan), Muqaddas Rim imperiyasi imperatori (1433-yildan)..
🎁1472 – Pero II di Lorenso de Medichi (1503) – 1492-1494 – yillarda Florensiyaning amaldagi hukmdori.
🎁1564 – Galiley Galileo (1642) – italyan fizigi, astronomi va mexanigi, eksperimental fizika asoschisi.
🎁1710 – Lyudovik XV (1774) – Fransiya qiroli (1715-yildan), Burbonlar sulolasi vakili.
🎁1797 – Genrix Shtaynveg (1871) – fortepiano yasovchi avstriyalik va amerikalik usta, Steinway&Sons firmasi asoschisi.
🎁1820 – Syuzen Entoni (1906) – amerikalik ayollar huquqlari uchun kurashchi.
🎁1845 – Eliu Rut (1937) – amerikalik huquqshunos, Nobel mukofoti sohibi (1912).
🎁1861 – Sharl Eduar Giyom (1938) – fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1920).
🎁1862 – Savva Morozov (1905) – rossiyalik sanoatchi, homiy.
🎁1902 – G‘ayratiy (Abdurahim Abdullayev) (1976) – o‘zbek yozuvchisi, O’zbеkiston xalq shoiri (1972).
🎁1906 – Musa Jalil (1944) – tatar sovet shoiri, Sovet Ittifoqi qahramoni.
🎁1926 – Zunnunova Saida (1977) – shoira, yozuvchi Said Ahmadning rafiqasi.
🎁1926 – Franko Fabritsi (1995) – italiyalik teatr va kino aktyori.
🎁1934 – Niklaus Virt – shveysariyalik olim, bir qancha dasturlash tillarini ishlab chiqqan.
🎁1954 – Jaloliddin Mirtojiyev – haykaltarosh, Oʻzbekiston xalq rassomi (2003).
🎁1965 – Luqmon Bo‘rixon – o‘zbek yozuvchisi.
🎁1972 – Yaromir Yagr – chex xokkeychisi, olimpiya chempioni (1998).
🎁1988 – Ruy Patrisiu – portugaliyalik futbol davozaboni, Yevropa chempioni (2016).