
➡️ BAYRAMLAR:
🌏 Xalqaro bo’yinbog’lar kuni.
🇪🇺 Yevropada odam savdosiga qarshi kurash kuni.
🇪🇺 Qogʻoz sumkalar kuni.
🌏 Butunjahon gitara kuni.
🌏 Xalqaro olmoshlar kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇿 O’zbekiston – Samarqand shahri kuni.
🇺🇸 AQSh – Alyaska kuni.
🇨🇦 Kanada – Shaxslar kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon – Mustaqillik kuni.
🇵🇱 Polsha – Pochtachilar kuni.
🇿🇲 Zambiya – Ibodat kuni.
➡️ VOQEALAR:
– 1356 – Bazel zilzilasi sodir boʻldi.
– 1667 – Amerikada Gollandiyaliklar tomonidan Bryukelen (hozirgi Bruklin)ga asos solindi.
– 1685 – Fransiya qiroli Lyudovik XIV gugenotlarga huquq bergan Nant verdiktiini bekor qildi.
– 1812 – Vatan urushi davrida Tarutino jangi. Borodino jangidan keyin birinchi marta rus qo’shini g’alaba qozondi.
– 1867 – Alyaskani AQSHga sotish haqidagi hujjat imzolandi.
– 1892 – Chikago-Nyu York telefon liniyasi ishga tushdi.
– 1922 – Britaniyaning BBC radiokompaniyasiga asos solindi.
– 1941 – Sovet razvedkasi xodimi Rixard Zorge hibsga olindi.
– 1944 – Sovet qo’shinlari Chexoslovakiyaga kirishdi.
– 1947 – SSSRda birinchi uzoq masofali ballistik raketa uchirilishi Kapustin Yar poligonida amalga oshirildi.
– 1951 – SSSR yadro sinovlarini o’tkazdi.
– 1963 – birinchi marta mushuk (Felicette) kosmosga uchdi.
– 1967 – «Venera-4» kosmik kemasi Venera sayyorasiga yetib bordi.
– 1991 – SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining oxirgi yig’ilishi.
– 1993 – Latviyada yangi valyuta – lat muomalaga kiritildi.
– 1995 – Ukraina Yevropa Kengashiga a’zo bo’ldi.
– 1996 – Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi.
– 1996 – Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Sohibqiron Amir Temur haykali ochildi.
– 2007 – Pokistonda mamlakat tarixidagi eng yirik terakt sodir bo’ldi: Benazir Bxutto korteji portlatildi, 130 dan ortiq odam halok bo’ldi.
– 2009 – Eronning Sistan va Balujiston viloyatida teraktlar.
– 2011 – Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog’iston, Armaniston, Qirg’iziston, Moldova va Tojikiston MDHda erkin savdo zonasi to’g’risidagi bitimni imzoladilar.
➡️ TAVALLUDLAR:
– 1859 – Anri Bergson (1941) – frantsuz faylasufi, Nobel mukofoti sohibi(1927).
– 1847 – Aleksandr Lodygin (1923) – rus elektrotexnika muhandisi, cho‘g‘lanma lampani ixtiro qilgan.
– 1859 – Henri Bergson (1941) – fransuz faylasufi, intuitivizm va hayot falsafasi namoyandasi, Nobel mukofoti sohibi (1927).
– 1930 – Berni Ekklstoun – Formula-1 poygachisi.
– 1938 – Fillip Griffits – amerikalik matematik.
– 1939 – Li Xarvi Osvald (1963) – Prezident Kennedining qotili.
– 1945 – Yoqubjonov Fazliddin – dirijyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1992).
– 1948 – Matyoqubova Gavhar – raqqosa, baletmeyster, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (2000).
– 1956 – Martina Navratilova – chex va amerika tennis ustasi.
– 1959 – Sergey Dorenko – rossiyalik teleboshlovchi.
– 1960 – Jan-Klod Van Damm – Gollivudning taniqli aktyori.
– 1973 – Sergey Bezrukov – rossiyalik teatr va kino aktyori.
– 1984 – Lindsi Vonn – amerikalik tog’ chang’isi sportchisi, chang‘ida tez tushish bo‘yicha Olimpiada chempioni (2010), umumiy hisobda 4 ta Jahon kubogi g’olibi.
– 2003 – Yekaterina (Katya) Adushkina – rossiyalik video blogger, qoʻshiqchi va raqqosa.
