Bugun 22-fevral 2023-yil, chorshanba
👉 BAYRAMLAR:
🌏 Xalqaro jinoyat qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash kuni.
🌏Butunjahon ensefalitga qarshi kurash kuni.
🌏 Butunjahon tafakkur qilish kuni.
🔹 MILLIY BAYRAMLAR:
🇺🇸 AQSh – Jorj Vashington tug‘ilgan kun.
🇪🇬 Misr – Birdamlik kuni.
🇪🇬 Misr – Abu-Simbelda Quyosh festivali kuni (Ramses II foj kiyish kuni sharafiga).
🇶🇦 Qatar – Amir taxtga chiqqan kun.
🇰🇬 Qirg‘iziston – Yer tuzish va geodeziya – kartogrfiya xizmati xodimlari kuni.
Polsha – Jinoyat qurbonlari kuni.
🇱🇨 Sent-Lyusiya – Mustaqillik kuni.
🇯🇵 Yaponiya – Mushuklar kuni.
👉 VOQEALAR:
– 1407 – Amir Temurning nabirasi, Sohibqiron vafotidan oldin uni oʻziga valiahd deb eʼlon qilgan Temuriy shahzoda Pirmuhammad Mirzo vafot etdi.
– 1495 – Fransiya qiroli Karl VIII Neapolni jangsiz egalladi.
– 1632 – Galelio Galiley o‘zining “Dunyoning ikki yetakchi – Ptolemey va Kopernik sistemalari to‘g‘rida dialog” asarini chop etdi.
– 1714 – Sankt-Peterburgda Botanika bog‘i tashkil etildi.
– 1744 – Avstriya merosxo‘ri uchun urushda Tulon jangi boshlandi.
– 1819 – Ispaniya Floridani AQShga 5 million dollarga sotdi.
– 1828 – Rossiya va Eron o‘rtasida Turkmanchoy shartnomasi imzolandi.
– 1848 – Parijda burjua-demokratik inqilobi boshlandi.
– 1878 – Birinchi martta Chaykovskiyning to’rtinchi simfoniyasi ijro etildi.
– 1901 – “Rio-de-Janeyro” yo‘lovchi kemasi halokati: 128 ta qurbon.
– 1913 – Meksika inqilobi: to‘ntarish natijasida prezident Fransisko Madero o‘ldirildi.
– 1918 – Qoʻqon shahridagi Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan «tinchlik shartnomasi» imzolandi.
– 1945 – Urugvay Germaniyaga urush e‘lon qildi.
– 1946 – Doktor Zelman Vaksman streptomitsin antibiotigini kashf qildi.
Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang
– 1958 – Misr va Suriya prezidentlari ikki davlat birlashishi to‘g‘risidagi aktni imzolashdi.
– 1966 – “Kosmos-110” yo‘ldoshi bortida Veterok va Ugolok itlari bilan kosmosga uchirildi.
– 1968 – sovet antarktika stansiyasi – “Bellensgauzen” ishga tushdi.
– 1979 – Sent-Lyusiya Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
– 1990 – Angliya hukumati “Jinoyat qurbonlari Xartiyasi” ni e’lon qildi.
– 1993 – Ganjada ozarbayjon zobiti Surat Guseynov hukumatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi.
– 1995 – “Adolat” gazetasi chiqa boshladi.
– 2015 – Xarkovda terakt sodir etildi.
👉 TAVALLUDLAR:
– 1403 – Karl VII Muzaffar (1461) – Valualardan bo‘lgan Fransiya qiroli (1422-yildan).
– 1732 – Jorj Vashington (1799) – Amerika davlat arbobi va harbiy rahbari, AQShning birinchi Prezidenti (1789-1797).
– 1788 – Artur Shopengauer (1860) – nemis faylasufi, irratsionalizm maktabi ilk namoyondalaridan.
– 1800 – Anna Kern (1879) – rus zodagon ayoli, memuarist.
– 1810 – Shopen Friderik (1849) – polyak kompozitori, pianinochi, musiqiy romantizmning yirik vakili, milliy kompozitorlik maktabi asoschisi.
Sara kitoblar kanalidan olindi.
– 1850 – Fedor Vasilyev (1873) – rus peyzaj rangtasvirchisi.
– 1857 – Gers Genrix Rudolf (1894) – nemis fizigi, elektrodinamikaning asoschilaridan biri, elektromagnit to’lqinlarni kashf etgan (1888).
– 1909 – Jamol Karimov (1993) – matematik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967).
– 1914 – Renato Dulbekko (2012) – amerikalik virusolog, Nobel mukofoti sohibi (1975).
– 1917 – Yo’ldoshev Sadriddin – biolog olim, akademik (1978), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1968).
– 1921 – Jan-Bedel Bokasso (1996) – Markaziy Afrika respublikasining prezidenti (1966-1976) va imperatori (1976-1979).
– 1921 – Mazina Juletta (1994) – italyan kinoaktrisasi.
– 1948 – Azim Suyun (2020) – shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
– 1969 – Xoakin Kortes – ispan aktyori, balet raqqosi, YI da lo‘lilar vakili.
– 1975 – Dryu Berrimor – amerikalik aktrisa.
– 1975 – Olga Budina – rossiyalik aktrisa, romanslar ijrochisi.
– 1982 – Dichen Lachman – kelib chiqishi nepallik boʻlgan avstraliyalik aktrisa.
– 1988 – Ximena Navarrete – meksikalik model, ”Dunyo go‘zali 2010“ konkursi g‘olibasi.