Bugun 29-avgust 2024-yil, payshanba.
🎊 BAYRAMLAR:🎊
🇺🇳 BMT – Xalqaro yadro sinovlariga qarshi kurash kuni
🌏 Mototsikl tug’ilgan kun
🎉 MILLIY BAYRAMLAR:🎉
🇺🇸 AQSh – Inson huquqlari kuni.
🇦🇷 Argentina – Advokatlar kuni, Daraxt ekish kuni.
🇮🇳 Hindiston – Milliy sport kuni, “Onam” hosil bayrami.
🇰🇿 Qozog’iston – Semipalatinsk yadro poligonining yopilish kuni.
🇵🇱 Polsha – Munisipal politsiya kini.
🇷🇺 Rossiya – Rossiya IIV ichki ishlar qo’shinlari maxsus bo‘linmalari kuni.
🇸🇰 Slovakiya – Slovakiya milliy qo‘zg‘oloni kuni (1944).
🇺🇦 Ukraina – Halok bo’lgan Ukraina himoyachilarini xotirlash kuni.
🇯🇵 Yaponiya – Qovurilgan go‘sht kuni.
🔰 VOQEALAR:🔰
⚜️1030 – Boku yaqinida ruslar Shirvan shohi Manuchix I ibn Yazidning lashkarini mag‘lubiyatga uchratishdi.
⚜️1191 – Angliya qiroli Richard I ning buyrug‘i bilan Akre shahrida (Falastin) salibchilar asirlikda bo‘lgan uch ming musulmonni qatl qildilar.
⚜️1526 – Turklar Vengriyani bosib oldilar.
⚜️1533 – Ispanlar oxirgi Inka imperatori Atahualpani bo‘g‘ib o‘ldirdilar.
⚜️1698 – Buyuk Pyotr o‘z fuqarolariga soqollarini olishni va Yevropa kiyimlarini kiyishni buyurdi.
⚜️1756 – Buyuk Fridrix Saksoniyaga bostirib kirdi.
⚜️1758 – Nyu-Jersida birinchi hindu rezervatsiyasi tashkil etildi.
⚜️1793 – Santo-Domingoda qullik bekor qilindi.
⚜️1825 – Portugaliya qiroli Djon VI Braziliyaning mustaqilligini tan oldi.
⚜️1831 – Ingliz fizigi Maykl Faradey elektromagnit induksiya hodisasini kashf etdi.
⚜️1842 – Nankin shartnomasi
Birinchi afyun urushini yakunlab berdi.
⚜️1883 – Kanadalik ixtirochi va tadbirkor Tomas Ahern Ottavada birinchi elektroplitani namoyish qildi.
⚜️1885 – Gotlib Daymler mototsikl uchun patent oldi.
⚜️1897 – Bazelda yahudiylar kengashi bo‘ldi.
⚜️1905 – Portsmut shartnomasi imzolandi (1904-1905 yillardagi Rus-Yapon urushi tugadi).
⚜️1907 – Kvebek koʻprigi qulab tushdi.
⚜️1910 – Koreya yapon koloniyasiga aylandi.
⚜️1926 – Nepalda qullik bekor qilindi.
⚜️1946 – Shvetsiya, Afg‘oniston va Islandiya BMTga qabul qilindi.
⚜️1949 – SSSRda atom bombasi sinovi.
⚜️1967 – 150 ga yaqin misrlik ofitserlar Misr prezidenti Nosirni ag‘darishga tayyorlanishda ayblanib hibsga olindi.
⚜️1975 – Oqqush yulduz turkumida yangi supeyulduz paydo bo‘ldi.
⚜️1982 – Darmshtadt (G‘arbiy Germaniya) olimlari Mendeleyev davriy sistemasining 109-elementi – meytneriy topilganligi haqida xabar berishdi.
⚜️1991 – Qozog‘istondagi Semipalatinsk yadro poligoni yopildi.
⚜️1996 – «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni ta’sis etildi.
⚜️2003 – «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni ta’sis etildi.
🎁 TAVALLUDLAR:🎁
🎈1632 – Jon Lokk (1704) – ingliz faylasufi va ma’rifatparvari, bilimning empirik nazariyasi muallifi.
🎈1780 – Jan Avgust Dominik Engr (1867) – fransuz rassomi.
🎈1862 – Mauris Maeterlink (1949) – belgiyalik yozuvchi, dramaturg, Nobel mukofoti sovrindori (1911).
🎈1876 - Charlz Kettering (1958) – amerikalik muhandis, ixtirochi va tadbirkor.
🎈1904 – Verner Forsmann (1979) – nemis jarrohi va urologi, yurak kateterizatsiyasi usuli mualliflaridan biri, Nobel mukofoti sovrindori (1956).
🎈1907 – Lyudmila Glazova (1981) – sovet kinoaktrisasi.
🎈1915 – Ingrid Bergman (1982) – shved kinoaktrisasi, uchta Oskar mukofoti sovrindori.
🎈1934 – Joʻldosbek Quttimurodov – haykaltarosh, qoraqalpoq haykaltaroshligi asoschisi, Oʻzbekistonda (1982) va Qoraqalpogʻistonda (1970) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi.
🎈1958 – Maykl Jekson (2009) – amerikalik qo’shiqchi, raqqos, bastakor, «pop qiroli».
🎈1958 – Olga Zarubina – rus sovet qo’shiqchisi va aktrisasi.
🎈1971 – Karla Gudjino – amerikalik aktrisa.
🎈1976 – Abduqodir Toshqulov – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri.
🎈1982 – Marina Aleksandrova – rus teatr va kino aktrisasi.
🎈1989 – Rustam Sultonov – yunon-rum kurashchisi, 82 kg gacha vazn toifasida.
🎈1994 – Firuza Sharipova – qozogʻistonlik professional bokschi, WIBA chempioni (2019).
🎈2000 – Nilufar Yoqubboeva – oʻzbekistonlik shaxmatchi. Xalqaro darajadagi ayol master (2020).