












– 1775 – Britaniya parlamenti Shimoliy Amerika koloniyalariga Britaniyadan boshqa har kim bilan savdo qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.
– 1791 – Fransiya Milliy Assambleyasi metrning ta’rifini kiritdi: Parij meridianining qirq milliondan bir qismi.
– 1814 – Antinapoleon koalitsiyasi qo‘shinlari tomonidan Parij egallab olindi.
– 1820 – Birinchi amerikalik missionerlar Gavayi orollariga yetib kelishdi.
– 1847 – Lev Nikolaevich Tolstoy kundalik yuritishni boshladi va butun umri davomida bu mashg’ulotni davom ettirdi.
– 1856 – Parij tinchlik shartnomasi imzolanishi orqali Qrim urushi tugadi.
– 1858 – Xaymen Lipmen (Filadelfiya) bir tomonida o‘chirg‘ichi bor qalamga patent oldi.
– 1860 – Aleksandr II Rossiyada Dehqonlar islohoti boshlanganini e’lon qildi.
– 1867 – Vashingtonda ruslar va amerikaliklar o‘rtasida bitim imzolandi. AQSh Rossiyadan Alyaska va Aleutsk orollarini 7,2 million dollarga sotib oldi.
Sara kitoblar kanali manzilini ko‘rsatishni unutmang
– 1880 – Fransiyada iyezuitlar faoliyati ta’qiqlandi.
– 1885 – Kushka jangi.
– 1896 – Dunyo birinchi marta psixoanaliz haqida eshitdi.
– 1905 – Kritda turklar hukmronligiga qarshi greklar qo‘zg‘oloni.
– 1912 – Marokash sultoni Abdul Hafiz Fransiyaga taslim bo’ldi.
– 1918 – Bokuda mart voqealari.
– 1927 – O‘zbekiston SSR konstitutsiyasi qabul qilindi.
– 1945 – SSSR harbiylari Gdanskni ozod qildilar.
– 1946 – “Oskar”ning marosimi ilk bor radio orqali efirga uzatildi.
– 1954 – Toronto (Kanada) da birinchi metro ochildi.
– 1970 – Vladimir Motilning «Белое солнце пустыни» filmi mamlakat ekranlariga chiqarildi.
– 1972 – Buyuk Britaniya Shimoliy Irlandiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvni joriy qildi.
– 1981 – AQSh prezidenti Ronald Reyganga suiiqasd uyushtirildi.
– 1992 – “Qo‘zilarning sukunati” filmi beshta “Oskar” mukofotiga loyiq topildi.
– 1995 – Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko parlamenti tarqatib yuborish to‘g‘rida referendum o‘tkazilishini e’lon qildi.
– 2009 – Lahordagi politsiya akademiyasiga hujum.

– 1432 – Mexmed II (1481) – Usmonlilar sultoni (1451-1481), Vizantiya imperiyasiga chek qo‘ygan.
– 1746 – Fransisko Xose de Goya (1828) – ispan rassomi.
– 1757 – Jan-Fransua Pilatr de Rozye (1785) – fransuz fizigi, kimyogari, aviatsiya kashshoflaridan biri.
– 1853 – Vinsent van Gog (1890) – dunyo miqyosida mashhur niderlandlik va fransiyalik musavvir – postimpressionchi.
– 1894 – Sergey Ilyushin (1977) – sovet aviakonstruktori, uch karra Sotsialistik Mehnat Qahramoni.
– 1926 – Ingvar Kamprad (2018) – shved tadbirkori, “IKEA” kompaniyasi asoschisi.
– 1941 – Vasim Sajjod – 2 karra Pokiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, ayni paytda muxolifat yetakchisi.
– 1951 – Golishev Arkadyevich – Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi (1995-2003 va 2006-2017 yillarda).
Sara kitoblar kanalidan olindi
– 1954 – Tohiriy Muidjon – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi (2016-2018), General-mayor, Jaloliddin Manguberdi ordeni sohibi.
– 1968 – Selin Dion – Kanada pop qoʻshiqchisi va aktrisa.
– 1980 – Katrin Lunde – norvegiyalik gandbolchi (darvozabon), ikki karra Olimpiya chempioni, jahon chempioni, 5 karra Yevropa chempioni.
– 1981 – Sergey Mozyakin – rossiyalik xokkeychi, ikki karra jahon chempioni (2008, 2009), Olimpiya chempioni (2018).
– 1981 – Toʻlashboy Doniyorov – bokschi, «Oʻzbekiston iftixori» (2002).
– 1986 – Serxio Ramos – ispaniyalik futbolchi, jahon (2010) va ikki karra Yevropa chempioni (2008, 2012).
– 1988 – Lutfullo Toʻrayev – Toshkentning Lokomotiv futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi.