Butunjahon matbuot erkinligi kuni – 1994-yilning 3-may kunidan boshlab butun dunyoda nishonlanib kelinmoqda. Bu kunni bayram sifatida nishonlashdan maqsad hokimyat vakillariga ommaviy axborot vositalari, ularning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, OAV xodimlarini turli tajovuslardan himoya qilishdan iborat.
So’z va matbuot erkinligi to’g’risidagi qarashlar ancha oldin paydo bo’lgan bo’lsada, faqatgina 1948-yildagi Inson huquqlari to’g’risidagi umumjahon deklaratsiyasida ushbu erkinliklar qonunan belgilab qo’yildi. Hususan, deklaratsiyaning 19-moddasi shunday deyiladi:
Har bir inson fikr va so’z erkinligi huquqiga ega; bu huquq hech qanday aralashuvsiz oʻz e’tiqodiga ega boʻlish, davlat chegaralaridan qat’i nazar, istalgan ommaviy axborot vositalari orqali axborot va gʻoyalarni izlash, olish va tarqatish erkinligini oʻz ichiga oladi.
Keyinchalik 1987-yilda ushbu moddadan ilhomlangan bir guruh faollar, hususan J. Roderick MacArthur, Greg MacArthur, Aryeh Neier va Martin Ennalslar Article 19 xalqaro inson huquqlari tashkilotiga asos solishadi. Bu tashkilotning asosiy vazifasi ham butun dunyo bo’ylab so’z erkinligi va axborot erkinligini himoya qilish va targ’ib qilish hisoblanadi.
1991-yilning 3-mayida UNESCO tomonidan “Erkin, mustaqil va plyuralistik matbuotni rivojlantirish uchun Vindxuk deklaratsiyasi” e’lon qilinadi. 1993-yil 20-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan matbuot erkinligi yuzasidan maxsus rezolyutsiya e’lon qilinayotganda UNESCO tomonidan taklif etilgan 3-may (“Erkin, mustaqil va plyuralistik matbuotni rivojlantirish uchun Vindxuk deklaratsiyasi”qabul qilingan kun) bayram deb e’lon qilindi.
Har yili shu bayram arafasida BMT bosh kotibining OAV xodimlariga tabrigi e’lon qilinadi.
1997-yildan boshlab har yili 3-may sanasida matbuot erkinligiga hissa qo’shgan bir-qancha fidoyilarga UNESCO tomonidan Gillermo Kano Jahon matbuot erkinligi mukofoti beriladi.2022-yilgi YuNESKO/Gillermo Kano mukofoti Belarus Jurnalistlar uyushmasiga topshirildi. Taqdirlash marosimi Urugvayda Butunjahon matbuot erkinligi kuni arafasida boʻlib oʻtdi va internet orqali butun duyoga jonli transilatsiyasi uzatildi.