O’quv seminar

#Hududlar_bo‘ylab_o‘quv_seminar (https://t.me/RespublikaBolalarKutubxonasi)
(QASHQADARYO) 1-bosqich
📣 Umumta’lim maktablari kutubxonachilarining malakasini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminar

❤️ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 7-19-avgust kunlari tizimdagi 10 mingdan ortiq umumta’lim maktablari kutubxonachilari uchun ikki bosqichli o‘quv-seminarlar kaskad usulida o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun, Respublika bolalar kutubxonasi va viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan viloyatdagi maktab kutubxonachilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

📂 Ushbu o‘quv-seminarga tashrif buyurgan maktab kutubxonachilariga kataloglar turlari, kitoblarga ishlov berish tartibi, bibtexnikalar to‘plami haqida tushuntirildi.

🎁 O‘quv-seminar davomida Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar va faol kutubxonachilar taqdirlandilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan