Availability: Mavjud

Azim Suyun

SAMSUNG DIGITAL CAMERA

Description

Atoqli shoir, madaniyat va jamoat arbobi Azim Suyun (Suyunov Azimbay Alimovich) 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlog‘ida tug‘ilgan. Ilk she’riy mashqlari, maqolalari o‘quvchilik kezlaridayoq yoritila boshladi. Birinchi kitobi «Mening osmonim» (1978) o‘ttiz yoshida dunyo yuzini ko‘rdi.

Shundan so‘ng shoirning «Zarb» (1979), «Zamin taqdiri» (1981), «Xayolot» (1984), «Ziyo yo‘li» (1986), «Javzo» (1987), «Olis tonglar» (1989), «Kuyganim — suyganim» (1992), «Sarbadorlar» (1994), «Qora ko‘zing sening» (1994), «Saylanma» (1997), «O‘zlik» (1999), «Sharq xikmati» (2000), «Ey do‘st» — she’riy qayirmalar (2005), «Vatan fasllari» (2007), «Muhabbat hayratlari» (2009), «Andiz o‘sgan erlarda» (2012), «Ey do‘st» — nasriy qayirmalar (2014), «Navoiydan topdim» (2015), kitoblari nashr etildi.

Azim Suyun haqso‘z jurnalist-publisist sifatida ham tanilgandi. 1990-1993 yillarda «Xalq so‘zi» gazetasida bo‘lim muharriri, 1993-2002 yillar «O‘zbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalarida Bosh muharrir, 2002 yilning fevral oyidan 2013 yilgacha «Guliston» jurnali Bosh muharriri lavozimlarida ishladi.

Azim Suyun O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlagan. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati etib saylangandi.

Reviews

There are no reviews yet.

Be the first to review “Azim Suyun”

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan